Nyu-York va Nyu-Jersida favqulodda holat e’lon qilindi (video)
Olam
−
1052 2 daqiqa
AQŞning şarqiy hududlarida kuçli böron va yoğingarçilik sabab qariyb 900 ming xonadon hamda korxona elektr ta’minotisiz qoldi. Nyu-York va Nyu-Jersi ştatlarida favqulodda holat rejimi joriy etildi. Bu haqda DW xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, keça, 26 noyabr kuni, Şukronalik kunida mamlakatning şarqiy ştatlarida ob-havo keskin yomonlaşgan. Elektr ta’minotidagi uzilişlardan eng köp Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Merilend ştatlari aholisi jabr körgan. Uşbu hududlarda mos ravişda 196 ming, qariyb 175 ming va 136 ming iste’molçi elektrsiz qolgan.
Merilend ştatida elektr ta’minotidagi uzilişlar suvni tozalaş tizimida ham muammolar keltirib çiqarişi mumkin. Şu sababli, mahalliy hokimiyat qariyb ikki million iste’molçidan vodoprovod suvini tejab işlatişni söragan.
Şuningdek, AQŞning şarqiy sohillari, jumladan, Virjiniya ştatida suv toşqinlari kuzatilgan. Kuçli şamol daraxtlarni qulatgan. Ob-havo şaroiti tufayli mamlakat böylab 400 ga yaqin aviaqatnov bekor qilingan, 2 mingdan ortiq reys esa keçiktirilgan.
Nyu-York ştatida 73 mingdan ortiq xonadon va korxona elektrsiz qolgan. Mahalliy meteorologiya xizmati şaharning Markaziy boğida şamol tezligi soatiga 77 kilometrga yetganini qayd etgan. Keyinçalik şamol tezligi soatiga 105 kilometrgaça kuçayişi mumkinligi bildirilgan.
Ob-havo şaroiti sabab Nyu-Yorkda Şukronalik kuni an’anaviy tarzda ötkaziladigan Macy’s paradi ham qoldirilgan. Bu tadbir qariyb 100 yil içida birinçi marta boşqa kunga köçirilgan. Parad 28 noyabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada “Boelo” böroni oqibatida ikki kişi halok bölgani, 90 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi