Qrim ko‘prigidagi portlash bo‘yicha yana bir davlatda jinoiy ish ochildi

Olam

image
Putin Ukraina Qrim ko‘prigi uchun jazolanganini aytdi north_east

Putin Ukraina Qrim ko‘prigi uchun jazolanganini aytdi

Bugun, 13 oktyabr kuni Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati Rossiyani Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigidagi portlash fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Tergov Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Qrim yarimoroli bilan bog‘lab turuvchi Kerch ko‘prigidagi portlash vaqti uch arman fuqarosi qo‘lga olingani ma’lum qilingandan so‘ng boshlandi. Qo‘lga olingan mamlakat fuqarolarining hujum paytida foydalanilgan portlovchi moddalarni tashishga aloqadorligi haqidagi taxminlar asosida olib borilmoqda. Olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish va ishning barcha holatlarini oydinlashtirish maqsadida Milliy xavfsizlik xizmati huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan “Xalqaro terrorizmga sheriklik”, “Portlovchi moddalarni noqonuniy olib o‘tish” moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Nashrning yozishicha, qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan oldindan kelishilgan holda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi chegarasini buzish, shuningdek, “hujjatlarni qalbakilashtirish”, ayblovlari bilan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ish doirasida surishtiruvlar, hujjatlarni olib qo‘yish va boshqa tergov harakatlari olib borilyapti, Armaniston MXX tergov natijalari bo‘yicha ma’lumot taqdim etadi.

Avvalroq Qrim ko‘prigidagi portlash bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida 8 kishi, jumladan, besh nafar Rossiya, uch nafar Ukraina va Armaniston fuqarolari qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Qrim ko‘prigida portlash

Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni Qrim ko‘prigida portlash yuz berdi va natijada poyezdagi sisternalarda yong‘in chiqdi. Rossiya huquq-tartibot idoralari ko‘prikda yuk mashinasi portlatilganini ma’lum qildi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik moddasi bilan jinoiy ish ochdi.

Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak hodisaga munosabat bildirib, bu boshlanishi ekanini, noqonuniy qurilgan barcha narsa yo‘q qilinishini ta’kidladi.

Prezident Vladimir Putin buyrug‘i bilan hodisani o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzildi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

Rossiya Federatsiyasi FXX va Tergov qo‘mitasi Qrim ko‘prigidagi terakt tashkilotchisi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi, uning boshlig‘i Kirill Budanov, xodimlari va agentlari bo‘lganini iddao qilmoqda.

Qrim ko‘prigi Rossiyadagi eng uzun ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 19 kilometrni tashkil qiladi. Avtomobil qismi 2018 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. 2019 yil dekabr oyida esa uning temir yo‘l qismi bo‘ylab birinchi poyezdlar harakatlangan.

Oysha Turg‘unpo‘latova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qrim ko'prigi Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing