Qrim köprigiga bir hafta içida uçinçi bor hujum qilindi

Olam

−

image

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolini Rossiya bilan boğlovçi Kerç köprigiga yana hujum qilindi. Bu safar ham köprikda transport harakati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Rossiya tomonidan tayinlangan Qrim gubernatori Sergey Aksyonov keça, 18 noyabr kuni Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Qrim köprigiga yangi hujumdan söng transport harakati vaqtinça töxtatildi. Barça tegişli xizmatlar voqea joyida işlamoqda. Yetkazilgan zarar baholanmoqda”, deb yozgan u.

18 noyabrdagi hujum uşbu haftada köprikka uyuştirilgan uçinçi hujum böldi. Avvalgi hujumlar oqibatida Kerç böğozi ustidan ötgan köprikning avtomobil yöliga tegişli 227 metrli qismi vayron bölgan. Temiryöl qismi ham zarar körgan, biroq undan foydalaniş davom etayotgani aytilmoqda.

Ukraina qurolli kuçlaridagi manbalardan biri avvalgi hujumlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinni xalqaro maydonda noqulay ahvolga soliş maqsadida amalga oşirilganini bildirgan. Uning aytişiça, köprik Putinning hukmronligi ramzi hisoblanadi. Uni vayron qiliş orqali Rossiya rahbarining kuçi haqidagi tasavvurga zarba beriş közlangan.

Ma’lumotlarga köra, Qrim köprigi 2014 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan yarimorolni Rossiya hududi bilan boğlaydi. Ukraina bu köprik qurilişini noqonuniy deb hisoblaydi. Kiyev avval ham unga hujum qilgan: 2022 yilda yuk maşinasiga örnatilgan bomba, 2023 yilda esa dengiz droni yordamida köprik şikastlangan.

Eslatib ötamiz, Ukraina Qurolli kuçlari joriy yilning 17 noyabrga ötar keçasi Qrim köprigiga yana hujum qilgan edi. Hodisa ortidan Qrim va Rossiyaning Krasnodar ölkasida raketa xavfi e’lon qilinib, köprikda avtomobillar harakati töxtatilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing