Qozog‘istonda terrorchilar harbiylarning kiyimidan foydalanayaptimi? 

Olam

image

Qozog‘iston fuqarolari davom etayotgan aksilterror operatsiyasida o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi kerak, chunki tarqoq jinoyatchilar guruhlari hujumlarni huquq-tartibot idoralari xodimlarining kiyim-kechaklaridan foydalangan holda davom ettirishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Respublika huquq-tartibot idoralaridagi manba ma’lum qildi. 

“Qozog‘istonliklar va birinchi navbatda, Olma-ota aholisi hushyor bo‘lishi kerak. Tarqalgan jinoyatchilar guruhlari hujumlarni davom ettirishi mumkin”, degan agentlik manbasi. 

Bundan tashqari, manbaga ko‘ra, jinoyatchilar ba’zan huquq-tartibot idoralari xodimlarining formasini kiyadi. 

“Bu huquq-tartibot idoralari xodimlarining xatti-harakatlarini obro‘sizlantirish uchun ham niqoblash, ham tinch aholini chalg‘itish uchun qilinishi mumkin. Masalan, bir kun avval qo‘lga olingan Olma-ota viloyatidagi tergov izolyatoriga uyushtirilgan hujumning ayrim ishtirokchilari harbiy kiyimda bo‘lgan”, deya qo‘shimcha qilgan manba.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing