Qozoğiston-Özbekiston çegarasida 25 kilometrlik navbat yuzaga keldi (video)
Olam
−
18:35 1168 2 daqiqa
Qozoğiston va Özbekiston çegarasida yuk maşinalari navbati 25 kilometrga yetdi. Haydovçilarning aytişiça, çegaradan ötiş uçun kutiş vaqti uç sutkagaça çözilmoqda. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Qayd etilişiça, uzoq masofaga qatnovçi haydovçilar nafaqat uzoq kutişdan, balki çegara punktiga olib boruvçi yöllarda hojatxonalar va oddiy maişiy şaroitlar yöqligidan ham şikoyat qilmoqda. Şuningdek, ayrim yuk maşinalari umumiy navbatni çetlab ötayotgani aytilmoqda.
Qozoğiston Davlat daromadlari qömitasi (DDQ) yuzaga kelgan vaziyatni yuk oqimining köpayişi va elektron navbat tizimining işlaş xususiyatlari bilan izohlamoqda.
Qömita ma’lumotlariga köra, 2026 yilning dastlabki 10 oyida Qozoğiston va Özbekiston çegarasida avtomobillar oqimi 16,2 foizga oşib, 741,5 mingtaga yetgan. Bu davrda “B. Qonisbayev” ötkaziş punkti orqali 321 mingta avtomobil harakatlangan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 21 foiz köp.
Hozirda mazkur punktning loyihaviy quvvati bir sutkada 1 mingta avtomobilni ötkazişga möljallangan. Biroq amalda u 1,5 mingtagaça maşinaga xizmat körsatmoqda.
Idoraning ma’lum qilişiça, punkt odatiy tartibda işlamoqda. Furalarning töplanib qolişiga sabablardan biri sifatida CarGoRuqsat tizimi orqali navbatni keç band qiliş körsatilgan. Ayrim taşuvçilar çegaraga oldindan navbat olmasdan borib, uni şu yerning özida rasmiylaştirmoqda. Oqibatda ular belgilangan vaqtni kutişga majbur bölmoqda.
Şu bilan birga, 3 noyabr kuni ertalab tizimda “B. Qonisbayev” punkti orqali çegaradan ötiş uçun 130 ta böş örin (slot) mavjud bölgan. DDQga köra, ayrim haydovçilarning uzoq vaqt kutişi barça taşuvçilar navbatda bir neça sutkalab turibdi, degani emas.
Tirbandlikni kamaytiriş maqsadida rasmiylar transportning bir qismini “Atameken – Guliston” va boşqa ötkaziş punktlariga yönaltirişni rejalaştirmoqda.
Live
Barchasi