Kaspiydagi fojiadan keyin Qozoğiston Mudofaa vazirligidagi kamçiliklar oçiqlandi
Olam
−
09:15 836 3 daqiqa
Qozoğiston Mudofaa vazirligida ötkazilgan kompleks tekşiruv davomida harbiy maşğulotlarni taşkil etiş va xavfsizlikni ta’minlaş bilan boğliq tizimli kamçiliklar aniqlandi. Bu haqda mamlakat Boş vaziri Oljas Bektenov deputat söroviga javobida ma’lum qildi.
Bektenovning ta’kidlaşiça, Kaspiy dengizida yuz bergan fojia harbiy maşğulotlarni rejalaştiriş, ularning borişini nazorat qiliş va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik borasidagi muammolarni körsatgan.
Mudofaa vazirligida ötkazilgan kompleks tekşiruv natijalariga köra, maşğulotlar jarayonini nazorat qiliş, ehtimoliy xavf-xatarlarni baholaş hamda vaziyat özgarganda tezkor çora körişga tayyorgarlik borasida kamçiliklar aniqlandi.
“Xususan, xavfli omillarga yetarliça e’tibor qaratilmagan, xavfsizlik talablariga rioya etilişi va maşğulotlarning xavfli bosqiçlarini öz vaqtida töxtatiş böyiça tegişli nazorat ta’minlanmagan”, deyiladi Boş vazir javobida.
Şu bilan birga, Bektenov Qozoğiston Qurolli kuçlarida havodan kuzatuv olib boriş uçun uçuvçisiz tizimlardan foydalanilayotganini bildirgan. Ayrim kuç tuzilmalari bölinmalarida esa harbiy xizmatçilarning joylaşuvi va fiziologik holatini kuzatiş imkonini beruvçi şaxsiy qurilmalar qöllanilmoqda.
Bundan taşqari, kuç tuzilmalari Qozoğiston gidrometeorologiya xizmati bilan hamkorlikni yölga qöygan. Ular ob-havodagi özgarişlar va böron haqidagi ogohlantirişlarni muntazam olib turadi.
Boş vazirning ma’lum qilişiça, davlat rahbari topşiriği bilan harbiy islohot rejasi loyihasi işlab çiqilgan. Unda harbiy boşqaruv tizimini takomillaştiriş va maşğulotlarni rejalaştirişni standartlaştiriş közda tutilgan. Harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş esa asosiy şartlardan biri sifatida belgilangan.
Manğistaudagi fojia
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.
Mudofaa vazirligi dastlabki ma’lumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Keyinroq, Manğistau viloyati hokimligi dengizga oqib ketganlar soni 17 nafar ekanini ma’lum qildi.
Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan. Bundan taşqari hodisa ortidan mamlakat Mudofaa vazirligining 5 nafar mansabdor şaxsi qölga olingan.
Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev fojia munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi.
Ma’lumotlarga köra, halok bölgan harbiylar röyxatida 2006 yilda Qoraqalpoğistonda tuğilgan Olmos Yusuf öğli Kobenov ham bor.
Live
Barchasi