Qobulda Pokiston fuqarolari Turkmaniston elchixonasini portlatmoqchi bo‘ldi — OAV

Olam

image
Qobuldagi terakt ortidan AQSH Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi  north_east

Qobuldagi terakt ortidan AQSH Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi 

Joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroportida sodir etilgan portlashlar paytida “Tolibon” kuchlari Turkmaniston elchixonasi yaqinida Pokistonning ikki fuqarosini hibsga olgani aytilmoqda. Bu haqda “Hindustan Times” nashri xabar bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olinganlar qo‘lbola bomba yordamida diplomatik vakolatxonada portlash uyushtirishni rejalashtirgan. 

“Aniq sabablarga ko‘ra, “Tolibon” sodir bo‘lgan voqea haqida gapirmayapti, ammo ishonchli razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston poytaxti aeroporti yaqinidagi portlashlardan ko‘p o‘tmay hibsga olingan Pokiston fuqarolarida qurol bo‘lgan”, deyilgan xabarda. 

Hozircha bu ma’lumotni tasdiqlovchi boshqa manbalar yo‘q. Turkmaniston diplomatik vakolatxonasida nima sababdan portlash uyushtirilishi rejalashtirilgani ham aniq emas. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida terakt yuz bergandi.  

Shundan so‘ng, AQSH harbiylari Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatiga havo hujumi uyushtirdi. Unda ISHID guruhining jangarisi yo‘q qilindi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan  "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qobul Pokiston Turkmaniston

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing