Pokistonda politsiyaçilarga hujum uyuştirildi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Keça, 11 noyabr kuni Pokistonning şimoli-ğarbida politsiya karvoniga uyuştirilgan qurolli hujum oqibatida sakkiz nafar politsiya xodimi halok böldi, yana 13 nafari jarohatlandi. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.

Hodisa keça, 11 noyabr kuni Xayber-Paxtunxva viloyatining Koxat tumanida sodir bölgan. Politsiya xodimlari Gumbat şahri yaqinidagi noqonuniy oltin qazib oliş faoliyatiga qarşi tadbir ötkaziş uçun yölga çiqqanidan qörolli şaxslar ularga hujum qilgan.

Hujum vaqtida ikki politsiya avtomobiliga öt qöyilgan. Yana ikki xizmat maşinasi va bir fuqaro avtomobili bedarak yöqolgan. Viloyatdagi xavfsizlik xizmati vakili ham sakkiz nafar politsiyaçi halok bölganini tasdiqlagan.

Hozirça hujum uçun javobgarlikni heç qaysi guruh öz zimmasiga olmagan.

Ma’lumot uçun, Xayber-Paxtunxva viloyatida xavfsizlik kuçlari qurolli guruhlarga qarşi kuraş olib bormoqda. Pokiston hukumati uşbu guruhlar Afğoniston hududidan faoliyat yuritayotganini da’vo qiladi. Afğonistonning Tolibon hukumati esa bu ayblovlarni rad etib keladi.

Ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar 2021 yilda Tolibon Afğonistonda hokimiyatni egallaganidan keyin keskinlaşgan. Ötgan yil oktyabr oyida yuz bergan qonli çegara töqnaşuvlaridan söng vaziyat yanada oğirlaşgan. Joriy yilning fevralida esa mojaro yana kuçaygan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Tarbela töğoni himoya tösiği qulab, uning yonidagi quriliş maydonini suv bosgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing