Dunyo yoqilg‘i sanoatida og‘ir vaziyat. Shell Rossiyadan voz kechmoqda
Olam
−
08 mart 2022
15234Dunyoning eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri Shell Rossiya neft va gazidan foydalanishni bosqichma-bosqich to‘xtatmoqchi. Bu haqda kompaniya rahbariyatining tegishli bayonotida aytilgan.
Shell “Rossiya neft mahsulotlari, gaz quvuri va suyultirilgan gazini bosqichma-bosqich to‘xtatishni boshlashga" va’da beradi va buni biznes, hukumatlar va iste’molchilar o‘rtasida muvofiqlashtirishni talab qiladigan “qiyin muammo” deb ataydi.
“Agar hukumatlar tomonidan boshqacha ko‘rsatma bo‘lmasa, biz Rossiya xom neftini spot bozorda sotib olishni darhol to‘xtatamiz va yangi shartnomalar tuzmaymiz. Shu bilan birga, hukumatlar bilan yaqin muloqotda biz xom neft yetkazib berish zanjirini hajmlarni istisno qilish uchun o‘zgartiramiz. Biz buni imkon qadar tezroq qilamiz, biroq inson omili va muqobil variantlarning mavjudligi bu jarayon bir necha hafta davom etishi va neftni qayta ishlash zavodlarimiz unumdorligining pasayishiga olib kelishi mumkinligini anglatadi. Shuningdek, biz Rossiya Federatsiyasida yoqilg‘i quyish shoxobchalari, samolyot yoqilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan bog‘liq faoliyatni to‘xtatamiz”, deyiladi bayonotda.
Kompaniya bosh direktori Ben van Berdenning so‘zlariga ko‘ra, Shell'ning o‘tgan haftada yoqilg‘iga qayta ishlash uchun Rossiya neftining partiyasini sotib olish qarori “ta’minot xavfsizligini hisobga olgan holda qilingan bo‘lsa-da, noto‘g‘ri bo‘lgan”.
"Oxir-oqibat, Ukrainadagi urush paytida qabul qilinishi kerak bo‘lgan aql bovar qilmaydigan murakkab kelishuvlar bo‘yicha qarorlar hukumatlar tomonidan qabul qilinishi kerak. Biz bu qarorlarning energiya xavfsizligiga, ayniqsa, urushda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ta’sirini yumshatishda yordam berish uchun ular bilan ishlashda davom etamiz. Xalqaro vaziyat Yevropada energiya ta’minoti barqarorligi va Rossiya Federatsiyasiga bosim o‘tkazish o‘rtasida tanlov qilishga majbur qilmoqda”, deydi Ben van Berden.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 fevral kuni Shell Rossiya Federatsiyasi bilan barcha qo‘shma loyihalardan, jumladan, “Shimoliy oqim – 2” (10 foiz aksiya) va “Saxalin-2” (aksiyalarning 27,5 foizi)dan chiqishini e’lon qildi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi