Dunyo energetika gigantlari Rossiya bozorini tark etmoqda

Olam

image

Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar tufayli Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalar fonida Rossiya Federatsiyasining energetika sohasiga katta sarmoya kiritgan bir qator G‘arb kompaniyalari Rossiya bozoridan sarmoyalarni olib chiqish rejasini muhokama qila boshladi. 

BP, Equinor va Shell Rossiyada investitsiya rejalaridan voz kechishini e’lon qilgandan so‘ng, ko‘plab mutaxassislar boshqa energiya gigantlarining reaksiyasiga e’tibor qaratdi: ExxonMobil, Chevron, TotalEnergies, Vitol, Wintershall Dea, Eni va Trafigura. 

AQSH va Yevropa Ittifoqining cheklovlari Rossiyaning neft va gaz sohalariga bevosita ta’sir qilmaydi, bu daromadlar Rossiya davlat byudjetining asosiy daromad manbalarini tashkil qiladi, chunki Yevropaning gaz va neftga bo‘lgan ehtiyojining 40 foizi Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoplanadi. Shunga qaramay, Rossiyada 30 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan G‘arb kompaniyalari bu mamlakatdagi sarmoyaviy va hamkorlik rejalarini qayta ko‘rib chiqishni e’lon qila boshladi. 

Rossiya energetika sohasidagi eng yirik xorijiy investorlardan biri BR neft giganti Rosneftdagi 19,75 foiz ulushini sotishini e’lon qildi. Ushbu paketning umumiy qiymati 25 milliard dollarga baholanmoqda. 

Norvegiyaning Equinor energetika kompaniyasi Rossiya bozoridagi qo‘shma loyihalardan voz kechish va investitsiyalar to‘xtatilishini e’lon qilgan ikkinchi kompaniya bo‘ldi. 

Shuningdek, Shell “Gazprom” bilan qo‘shma korxonalarni, shu jumladan “Saxalin-2” loyihasining 27,5 foizini hamda Salym Petroleum Development, SP va Gydan Energy’ning 50 foizini ham tark etish niyatida ekanini aytdi. 

Bundan tashqari, kompaniya “Shimoliy oqim 2” gaz quvuri loyihasidagi ishtirokini to‘xtatmoqchi. 2021 yil oxiriga kelib, Shell’ning Rossiyadagi asosiy sarmoyalarining joriy qiymati 3 milliard dollarga baholanmoqda. 

Uchta jahon gigantining tashabbuslari fonida butun dunyo ExxonMobil, Chevron, Total, Vitol, Wintershall Dea, Eni va Trafigura kabi boshqa kompaniyalarning harakatlarini kuzatib bormoqda. Mamlakatdagi BP va Shell kabi gigantlarning Rossiyadan sarmoyalarini olib qo‘yishi boshqa kompaniyalarga bosim o‘tkazishi va bu yo‘nalishdagi qarorlarni tezlashtirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Bozor qiymati bo‘yicha dunyodagi ikkinchi yirik neft va gaz kompaniyasi ExxonMobil Rossiyadagi eng yirik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan biri bo‘lgan “Saxalin-1” tabiiy gaz va neft konidagi Exxon Neftegas’ning 30 foiz ulushiga egalik qiladi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing