Berdimuhamedov tirikligini ko‘rsatdi, ammo sochlari...

Olam

image

Bundan bir necha kun avval, Turkmaniston Respublikasining amaldagi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 5 iyuldan buyon omma qarshisida ko‘rinish bermayotgan davlat rahbari kecha, 24 iyul kuni mahalliy “Altyn Asyr” telekanalida ko‘rsatilgan. E’tiborli jihati shundaki, Gurbanguli Berdimuhamedovning avvalgi tim qora sochlari endi yo‘q. Uning sochlariga yaxshigina oq tushgan. 

Televideniyeda Prezidentning poytaxt Ashxobodda qurilayotgan “Ashkhabad city” loyihasi bilan tanishayotgani ko‘rsatilgan. Uning yonida Ashxobod shahri hokimi Shomuhammad Durdialiyevni ko‘rish mumkin. Durdialiyev davlat rahbari Ashxobod shahrda qurilishi rejalashtirilayotgan yirik ijtimoiy, ma’muriy va boshqa ob’ektlar loyihalari haqida ma’lumot bergan. 

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vafot etgani haqidagi xabarlardan keyin bir necha kun OAVda va omma qarshisida ko‘rinish bermadi. 24 iyul kuni u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 62 yoshni qarshilagani munosabati bilan tabrik йўллади. Shu orqali u davlat boshida ekanini tasdiqladi va mish-mishlarni bartaraf etdi. Oradan ko‘p o‘tmay,  televideniyeda ko‘rinish berdi. Biroq, bu safar hamisha yosh va navqiron ko‘rinishni xush ko‘ruvchi Prezidentning sochlarini oq bosgan. 
 
Eslatib o‘tamiz, davlat va siyosat arbobi Berdimuhamedov joriy yilning 5 iyulidan keyin na omma oldida, na televideniyeda ko‘rinish bergan. 15 kundan buyon uning yo‘qligi va 15 iyul kuni ta’tilgani chiqqani uning o‘limi haqida xabarlarni keltirib chiqargandi. 

OAVda Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga asoslanib tarqatilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, ushbu xabar tasdig‘ini topmadi. Rubayev turkman xalqidan uzr so‘radi

Bu orada Berdimuhamedov haqida yangi ma’lumotlar ham tarqatildi. Unda qayd etilishicha, Turkmanboshi 20-21 iyul kunlari koma holatida bo‘lgan. 22 iyul kuni esa ahvoli yaxshilana boshlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Gurbanguli Berdimuhamedov 1957 yilda poytaxt Ashxobodda tug‘ilgan. U 2007 yil 14 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti lavozimiga saylangan. Berdimuhamedov 2017 yilgi saylovlarda 97 foiz ovoz to‘plab, uchinchi muddatga qayta saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

504

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing