“Arqadag‘” tashkil qilgan jamoa ketma-ket 96 ta o‘yinda g‘alaba qozondi
Sport
−
04 avgust 4994 1 daqiqa
Joriy yilning 2 avgust kuni Turkmanistonning “Arqadag‘” jamoasi mamlakat Superkubokida “Ahal”ni yirik 3:0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, 2023 yil Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi bilan tashkil etilgan jamoa kema-ket 96 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Klubi tashkil etilgandan buyon mamlakat Oliy ligasida haligacha biror marta ham ochko yo‘qotmadi.
“Arqadag‘” ilk mavsumida Turkmaniston Oliy ligasidagi barcha 24 uchrashuvda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan. Keyingi mavsumlarda ham g‘alabali yurishini davom ettirgan “Arqadag‘” kubok bahslarida ham mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti.
Klub tashkil etilganidan buyon milliy chempionat doirasida o‘tkazgan barcha 96 uchrashuvda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etdi. Shu tariqa, “Arqadag‘” Turkmaniston chempionati tarixidagi eng sermahsul seriyalardan biriga mualliflik qilib, ichki musobaqalarda mutlaq ustunligini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, “Arqadag‘” o‘tgan mavsum Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasida “Andijon” bilan bir guruhdan o‘rin olgandi. Turkmanistonliklar vodiyliklar bilan bo‘lgan har ikkala bahsda ham durang qayd etib, guruhdan chiqish masalasini hal etgandi. Jamoa keyinchalik pley-off bosqichida Saudiya Arabistonining “Al Nasr” klubi to‘qnash kelib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.
Live
Barchasi