Turkmancha tomosha: Arqadag‘ nevarasining oti bilan chavandozlarni “qaqshatdi”

Olam

−

image

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Turkmaniston Prezidentining Axalteke otchilik majmuasida mahoratli chavandozlar ishtirokida bayramona ot poygalari bo‘lib o‘tdi. Unda turkman xalqining Milliy Yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov nevarasining oti bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda TDH axborot agentligi xabar beradi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Karimguli Berdimuhamedov (Arkadag‘ning qizining o‘g‘li) tomonidan tayyorlangan Dag‘xon laqabli ot birinchi o‘rinni olgan va bayram poygalarining bosh sovriniga ega chiqqan. Otning chavandozi turkman xalqining Milliy Yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni Ashxobod shahrining Shuhratli laqabli oti egallagan. Chavandoz T.Pirmiradovga Toyota Fortuner avtomobilining kaliti topshirilgan. Uchinchi o‘rinni Ahal viloyatining Azamat laqabli oti egallagan. Uning chavandozi H.Ashirovga Toyota Camry avtomobili berilgan.

Bosh g‘olib – Gurbanguli Berdimuhamedovga esa Range Rover Sport avtomobili sovg‘a qilingan. Marosim davomida turkman xalqining Milliy yetakchisi bosh mukofotni Turkmaniston Mudofaa vazirligiga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanistonda mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tgani va tadbirda Turkmaniston Prezidenti, Mamlakat Qurolli kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni, armiya generali Serdar Berdimuhamedov ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing