Baydendan Ukrainaga jiddiyroq qurollar yetkazib berish so‘raldi
Olam
−
05 aprel 2022
854230 dan ortiq kongressmenlar AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidan Ukraina Qurolli Kuchlariga qurol yetkazib berishni ko‘paytirishni, jumladan, uzoq masofaga uchuvchi “yer-havo” raketalari, qiruvchi samolyotlar va kemaga qarshi raketalarni ham qo‘shishni talab qilmoqda. Bu haqda CNN senatorlarning maktubiga tayanib, xabar bergan.
Qonunchilar Ukrainada kam qolgan Javelin raketalari, shuningdek, Ukraina “Rossiya ta’minot liniyalarini yaxshiroq to‘xtatib, Rossiya qurshoviga qarshi turishi”, xususan, Donbassdagi janglar vaqtida uzoq masofaga uchuvchi dronlar ham yetkazib berilishini so‘ragan.
“Biz AQSH va ittifoqchilar Rossiya bosqiniga javoban jiddiy harbiy yordam ko‘rsatganini tan olamizki. Biroq ukrainaliklar bu urushda g‘alaba qozonish uchun ko‘proq ish qilish kerakligini tushunishadi”, deyiladi xabarda.
Kongressmenlar Ukrainada qiruvchi samolyotlar yetishmasligini ta’kidlamoqda.
“Ukrainada qo‘shimcha samolyotlarni boshqarish uchun, agar ular taqdim etilsa yetarlicha o‘qitilgan uchuvchilar bor. Qiruvchi samolyotlar, shuningdek, Ukraina kuchlariga Xarkov va Mariupol kabi Rossiya hujumlari natijasida ko‘plab tinch aholi qurbonlar bo‘lgan hududlarni yetarlicha himoya qilish imkonini beradi”, deydi kongressmenlar.
Avvalroq Vashington va uning ittifoqchilari Ukrainaga Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan tanklarni olib o‘tishga ko‘maklashish niyatida ekani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina AQSH rasmiylaridan har kuni 500 ta Stinger zenit raketalari va tankga qarshi Javelin raketa komplekslarini yetkazib berishni so‘ragan edi.
Keyinchalik, AQSH Mudofaa vazirligi Stinger zenit-raketa majmualari va Javelin tankga qarshi raketa majmualarini ishlab chiqarishni tezlashtirishni rejalashtirayotgani aytildi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi