Bayden Ukrainaga 13,6 milliard dollarlik yordam paketini imzoladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 15 mart kuni Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan mamlakat hukumatini qolgan joriy moliyaviy yil uchun (2021 yil oktyabrda boshlangan) 1,5 trillion dollar miqdorida moliyalashtirish tashabbusini imzoladi. Ushbu paket,  jumladan, Ukrainaga gumanitar, harbiy va iqtisodiy yordam uchun 13,6 milliard dollar ajratishni nazarda tutadi. 

“Ushbu qonun loyihasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va uning qo‘shni davlatlar uchun oqibatlariga javob berishga tarixiy 13,6 milliard dollar mablag‘ ajratiladi. Men Kongress rahbariyatiga zarur resurslarga ega bo‘lish va da inqirozga [Ukrainadagi] qat’iy javob berishda davom etishimiz uchun tezkor ishlagani sabab minnatdorchilik bildirmoqchiman”, deydi Bayden Oq uydagi imzolash marosimida.  

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu paket tufayli Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy va gumanitar yordamni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amerika yetakchisi, shuningdek, bugun, 16 mart kuni Vashingtonning Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq harakatlari haqida batafsilroq ma’lumot berishini aytdi. 

Prezident tomonidan imzolangan tashabbus joriy yilning 30 sentyabriga qadar federal hukumatni moliyalashtirish imkonini beradi. U mudofaa ehtiyojlari uchun qariyb 780 milliard dollar va boshqa sohalardagi xarajatlar uchun taxminan 730 milliard dollar ajratishni o‘z ichiga oladi. 

Qonunchilar ko‘p oylik maslahatlashuvlardan so‘ng moliyalashtirish paketi bo‘yicha kelishib oldilar, bu federal hukumat tomonidan vaqtincha moliyalashtirish tashabbuslarini qabul qilishga olib keldi, ikkinchisi esa uni 15 martgacha uzaytirdi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukrainaga bosqin Rossiya-Ukraiana urushi

Baholaganlar

7

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing