Bayden Tryudo bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida gaplashib oldi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo telefon orqali Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Ukrainaga yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy bayonotida ma’lum qilingan.  

“Prezident Jo Bayden Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan suhbatlashdi. Har ikki yetakchi millionlab ukrainaliklarga xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni ko‘rib chiqdi”, deyiladi bayonotda. 

Qayd etilishicha, Bayden “ushbu inqiroz davrida Kanada bilan yaqin hamkorlikni va uning Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar va cheklovlarni joriy etishdagi yetakchiligini qadrlagan”. 

Oq uyga ko‘ra, Bayden va Tryudo joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Amerika sammitini ham muhokama qilgan. 

Avvalroq, Bayden Ukrainaga 150 million dollar miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam ajratilishini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik. Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi paket doirasida Vashington Kiyevga, xususan, artilleriya o‘q-dorilari va radarlarni topshiradi. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

9

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing