Aripovning uchrashuvlari, O‘zbekistonga ayblov, Muborakdagi neft koni va boshqa xabarlar

Jamiyat

Sovuq suv uchun tariflar oshiriladi

Toshkentda sovuq suv uchun tariflar oshiriladi. Bu haqda “Suvsoz” DUK Matbuot xizmat xabar berdi.

“Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan 2019 yil 9 avgustdagi Reyestr 09-TG-2019-sonli deklaratsiyaga muvofiq 2019 yil 24 avgustdan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritilgan”, deyiladi  xabarda.

Yashnoboddagi yong‘inda bir kishi yonib ketdi

Joriy yilning 10 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Yong‘in soat 19:34da, Yashnobod tumani, M.Riyoziy mavzesi 18-uy 60-xonadonda yuz bergan. Yong‘inda 20 kv m maydonida uy jixozlari yongan, xonadonning 30 kv m maydoni saqlab qolingan.

Termizdan davlatlararo avtokarvon yo‘lga chiqdi

11 avgust kuni Termizdan “O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy” yo‘nalishida yangi transport koridori bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvoni yo‘lga chiqdi. 

Avtokarvon O‘zbekiston va Tojikistondan Xitoyga yuklarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri yetkazib berish imkoniyatlari va tranzit salohiyatining mavjud biroq to‘liq foydalanilmayotgan quvvatlarini namoyon etib beradi.

5 ta davlat holat bo‘yicha bayonot berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va BAA hukumatlari urushayotgan tomonlarni Liviyadagi sulhni kuzatishga va darhol Bingazi shahrida BMT xodimlarining o‘ldirilishi bo‘yicha tergovni boshlashga chaqirdi

O‘zbekistonlik ayol kaltaklanib, zo‘rlandi

Joriy yilning 10 avgust kuni tungi soat 2:00 da Dimitrov ko‘chasida 35 yoshli jabrlanuvchi bilan birga yashovchi shaxs o‘z tanishi bilan uni kaltaklab, zo‘rlagan. Politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan peterburglik Buxarest ko‘chasida zo‘rlangan ayolni ko‘rganini aytgan.

Bolalar bog‘chasida fojia yuz berdi

11 avgust kuni AQSHning Eri okrugidagi (Pensilvaniya shtati) xususiy bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh bola halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi. Okrug o‘t o‘chiruvchisi Gay Santonega ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 10:00 ikki qavatli turar-joy binosida yong‘in kelib chiqqan. Binoda sakkiz kishi, shu jumladan styuardessa ham bo‘lgan. Halok bo‘lgan bolalar sakkiz oylikdan sakkiz yoshgacha edi. Ulardan to‘rttasi qarindoshlar, beshinchisi bekaning farzandi bo‘lgan.

Toshkentda yangi yo‘l chizig‘i paydo bo‘ldi

Poytaxtning Beshqayrag‘och ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligini yanada oshirish maqsadida ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘ining yangi turi eksperimental ko‘rinishda qo‘llaniladi. 

Buyuk Britaniyada eshiklarni yopib, tashqariga chiqmaslikni maslahat berishdi

Buyuk Britaniyada noma’lum kimyoviy moddalarning oqishi bir necha kishiga ta’sir ko‘rsatdi. Hodisa 11 avgust kuni mamlakat janubidagi Uorting shahri yaqinidagi plyajda yuz berdi. Politsiya hisobotida aytilishicha, favqulodda vaziyatlar xizmati bir nechta odamning ko‘zlarida og‘riq va qusish kabi alomatlar paydo bo‘lganini aniqlagan va hozirda tergov davom etmoqda. 

Fiat-Chrysler O‘zbekistonda avtomobil zavodini qurmoqchi

“Fiat Chrysler Automobiles” Italiya-AQSH avtokonserni O‘zbekiston avtosanoatiga investitsiya kiritmoqchi va bu orqali O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etmoqchi.

Mazkur kompaniya vitse-Prezidenti Yusuf Hajasga ko‘ra, O‘zbekistonda korxona ochish uchun qo‘llanma sifatida kompaniya tomonidan Turkiyada amalga oshirilgan Tofaş loyihasidan foydalanish taklif etilyapti.

Qashqadaryoda yangi neft koni topildi (video)

Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz va gaz kondensati mavjud bo‘lgan yangi neft koni ochildi. 

Muborak tumanidagi Bahoriston tuzilmasidagi konda neft borligi 10 avgust kuni tasdiqlandi va u “Bahoriston koni” deb nomlandi. Qidiruv burg‘ulash ishlari joriy yilning 2 iyun kuni boshlangan. 2445 metr chuqurlikdagi quduqni sinovdan o‘tkazish vaqtida kunlik 100 ming kub metrga teng neft, kondensat va tabiiy gaz oqimi aniqlangan. 

Yoqilg‘i tanqisligi sabab limit tizimi joriy etildi

Portugaliyada tanker haydovchilari 12 avgustdan boshlab Lissabonda va boshqa bir qator shaharlarda yoqilg‘i taqchilligiga sabab bo‘lgan noma’lum ish tashlashni boshladi. Ish tashlash boshlanishidan oldin ko‘plab haydovchilar o‘zlarining transport vositalariga to‘liq yoqilg‘i quygan. “So‘nggi kunlarda yoqilg‘i savdosi deyarli ikki baravar oshdi”, dedi mamlakat Bosh vaziri Antonio Kosta. Haydovchilar hisobotlarini to‘playdigan veb-saytga ko‘ra, 11 avgust kuni kunduzi mamlakatdagi 3 mingta yoqilg‘i quyish shoxobchalarining 15 foizi to‘liq yoki qisman yonilg‘i tanqisligidan aziyat chekdi.

Gaz quyish shoxobchasida ikkita avtomobil yonib ketdi

Bugun, 12 avgust kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumani Sariqsuv mahallasi hududidagi “Viktoriya gaz servis” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining 6-kolonkasida yong‘in chiqqan. 

Oqibatda Gaz to‘ldirayotgan 2 ta avtomobil olov ichida qolib, butunlay yonib ketgan. Yong‘in oqibatida shoxobchada gaz to‘ldirayotgan fuqaro X.X.ga tegishli “Damas” rusumli avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. Alanga uning orqasida, navbatda turgan fuqaro J.G‘.ga tegishli “Damas” rusumli avtomobiliga o‘tib ketishi sabab ikkala mashina to‘liq yonib zararlangan.

Afg‘oniston O‘zbekistonga navbatdagi ayblov bilan chiqdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 8 avgust kuni Dohadagi “Tolibon” harakati rahbari, Mulla Barodar Oxun boshchiligidagi siyosiy idoraning vakillari Toshkentga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy Toshkentga “Tolibon”ga ko‘rsatilgan mehmonnavozlik uchun e’tiroz bilan chiqqandi

Ushbu voqealardan keyin Afg‘oniston TIV rasmiy vakili Sabgatulloh Ahmadi RIA Novosti agentligiga intervyu berdi. Uning qayd etishicha, ushbu uchrashuv Toshkentning tinchlik jarayonida Qobulga yordam berishni istamasligini ko‘rsatmoqda. 

Abdulla Aripovning Turkmanistondagi uchrashuvlari

Bugun, 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov birinchi Kaspiy iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Abdulla Aripov Turkmanistonga bordi.

O‘zbekiston Hukumati rahbari Turkmanboshi shahrida Eron Islom Respublikasi vitse-prezidenti Isxoq Jahongiri, Turmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing