Afg‘onistonlik vizajist ayollar go‘zallik salonlarining yopilishiga qarshi chiqmoqda

Olam

image

Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” butun mamlakat bo‘ylab barcha ayollar go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarini yopish to‘g‘risida buyruq berganidan so‘ng, Afg‘onistonda 60 mingdan ortiq ayol o‘z ishini yo‘qotish xavfi ostida qoldi. Bu haqda “Khaama Press” xabar berdi.

“Tolibon” butun mamlakat bo‘ylab ayollar go‘zallik salonlarini taqiqlovchi farmon chiqarganidan bir necha kun o‘tib, vizajist ayollar bu harakatga qarshi chiqdi va buyruqni bekor qilishni talab qildi”, deyiladi xabarda.

Go‘zallik salonlari uyushmasi oldida yig‘ilgan namoyishchilar salonlarni yopish ular uchun jiddiy iqtisodiy muammolarga olib kelishini bildirishgan.

“Afg‘oniston bo‘ylab 12 mingdan ortiq go‘zallik salonlari faoliyat yuritadi va ularning barchasida ayollar ishlaydi”, deydi vizajist Nadiya Sulton.

BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Richard Bennetga ko‘ra, 2021 yil sentyabridan 2023 yilning mayigacha “Tolibon” ayollar va qizlarga nisbatan afg‘on ayollarini ta’lim olish, ishlash, jamoaviy va siyosiy hayotda ishtirok etish huquqidan mahrum qilgan 50 dan ortiq farmon chiqargan.

“Ayollar go‘zallik salonlari – bu ayollar sohasidir. Har bir go‘zallik salonining rahbari ayoldir. Agar ayol ayollar go‘zallik salonida ishlayotgan bo‘lsa, bu yetishmovchilik va qashshoqlik bilan bog‘liq”, deydi boshqa bir vizajist Raha Hassani.

“Tolibon” Qobul va Afg‘onistonning boshqa viloyatlarida go‘zallik salonlarining faoliyatini taqiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” Qobul va Afg‘onistonning boshqa viloyatlarida go‘zallik salonlarining faoliyatini taqiqlagandi. Bundan tashqari, mamlakatda allaqachon qizlar uchun ta’lim muassasalari, jumladan, maktablar va universitetlar yopilgan. “Tolibon” tomonidan afg‘on ayollarining xalqaro va milliy nohukumat tashkilotlarda ishlashi ham man etilgan. Ommaviy axborot vositalariga esa ayollar ovozi bilan efirga uzatiladigan tijoriy e’lonlarni berish taqiqlangan. 

Avvalroq mamlakatdagi ayollar sartaroshxonalariga kosmetika vositalaridan foydalanishda qator cheklovlar joriy etilgandi. Bundan tashqari, afg‘onistonlik ayollar ochiq havodagi restoranlarga borishi ham mumkin emas. Joriy yil aprel oyida nishonlangan Ramazon hayitida, hatto, ayollarning ko‘chaga chiqishi ham taqiqlangandi. Bunday cheklovlar nafaqat ayollarga, balki erkaklarga nisbatan ham joriy qilingan. Masalan, erkaklar uchun ayollarning kiyimlarini tikish taqiqlangan. Shuningdek, Afg‘onistonda ayollarni erkak shifokorlar davolashi ham mumkin emas. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotiga ko‘ra, “Tolibon” hokimiyati ostida so‘nggi paytlarda o‘smir qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygan. Shunga qaramay, “Tolibon” yaqinda mamlakat ayollarining “erkin inson” maqomi tiklanganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon go'zallik salonlari vizajist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing