“Tolibon” ayollarga ochiq havodagi restoranlarga kirishni taqiqladi
Olam
−
13 aprel 2023
5036Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” Hirot viloyatida oilalar va ayollarga bog‘lari yoki yashil maydonlari bo‘lgan restoranlarga kirishni taqiqladi. Bu haqda “Associated Press” “Tolibon” rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taqiq diniy ulamolar va jamoatchilik vakillarining bunday joylarda jinslar aralashib ketgani haqidagi shikoyatlaridan so‘ng joriy etilgan. Ochiq havoda ovqatlanishni taqiqlash faqat Hirotdagi erkaklar uchun ochiq bo‘lgan muassasalarga tegishli.
Hirotdagi Yomonlik va fazilat departamenti direktori o‘rinbosari Baz Muhammad Nazir OAVda barcha restoranlar oilalar va ayollar uchun yopilgani haqidagi xabarlarni rad etib, ularni tashviqot ekanini aytgan.
“Bu faqat yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga tegishli, masalan, erkaklar va ayollar uchrashadigan park. Olimlar va oddiy odamlarning takroriy shikoyatlaridan so‘ng biz cheklovlar qo‘ydik va bu restoranlarni yopdik", deydi Muhammad Nazir.
Shuningdek, Nazir viloyatda xorijiy filmlar, teleko‘rsatuvlar va musiqalarning DVD-disklari sotilishini taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etib, biznes egalariga islomiy qadriyatlarga zid bo‘lgan materiallarni sotmaslik tavsiya qilinganini aytgan.
Bundan tashqari, u mahalliy OAVning Hirotdagi internet-kafe yopilgani haqidagi xabarlari yolg‘onligini, biroq nomaqbul kontent tufayli o‘yin avtomatlari endi bolalar uchun taqiqlanganini ma’lum qilgan.
"Talabalar o‘qiydigan va o‘qish uchun foydalanadigan internet-kafelar juda muhim va biz ularga ruxsat berdik", deydi Nazir.
LiveBarchasi