Yolg‘iz yurma, o‘qima, ishlama, endi esa... “Tolibon”dan ayollarga yangi taqiq
Olam
−
17 mart 2023
11945“Tolibon” tomonidan tuzilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumatida ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish uchun mas’ul vazirlik Parvon viloyatidagi ayollar sartaroshxonalariga, jumladan, kosmetika vositalaridan foydalanishga bir qancha cheklovlar joriy qildi. Bu haqda mamlakatning “Hasht-e Subh” gazetasi xabar berdi.
“Ma’naviy tanazzulga “olib keladigan” bo‘yanishdan foydalanmaslik kerak”, deyiladi “Tolibon”ning e’lon qilingan buyrug‘ida.
Hujjatda ayollar sartaroshlari Islom qonunlarini hisobga olishlari shartligi tushuntirilgan. Shuningdek, ayollar sartaroshxonalariga binolarni tahorat uchun joylar bilan jihozlash buyurilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” erkak tikuvchilarga ayollar uchun kiyim tikishni taqiqlagandi.
2021 yil avgust oyida hokimiyatga kelganidan beri “Tolibon” muntazam ravishda ayollarga nisbatan ko‘proq taqiqlar kiritdi. Ularga parklar, sport zallari va hammomlarga borish taqiqlandi. Asosiy cheklovlar o‘rta maktablarda va universitetlarda o‘qishni taqiqlash bilan bog‘liq.
LiveBarchasi