“Tolibon” töylarda muşakbozlik qilişni taqiqladi

Olam

−

image

Afğonistonda töylar va boşqa bayram tadbirlarida odamlarning osoyiştaligini buzuvçi vositalardan foydalaniş, ya’ni muşakbozlik qiliş taqiqlandi. Bu haqda “Pajhwok Afghan News” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining ezgulikni tarğib qiliş, illatlarning oldini oliş va şikoyatlarni eşitiş vazirligi tomonidan joriy etilgan taqiq barça fuqarolar, dökondorlar, importyorlar, işlab çiqaruvçilar va sotuvçilarga taalluqli hisoblanadi.

Çeklov nafaqat pirotexnika vositalaridan foydalaniş, balki ularni işlab çiqariş, mamlakatga olib kiriş, sotib oliş, sotiş va tarqatişni ham qamrab oladi.

Vazirlik bayonotida jamoat tinçligi, fuqarolar farovonligi va ruhiy osoyiştaligini ta’minlaş muhim ekani ta’kidlangan. Şuningdek, töy va bayramlar bolalar, ayollar, keksalar, bemorlar hamda boşqa fuqarolarda qörquv yoki bezovtalik uyğotadigan harakatlarsiz, islomiy körsatmalar va şariat tamoyillariga muvofiq ötkazilişi kerakligi bildirilgan.

Vazirlik taqiqni buzib, pirotexnika vositalari orqali odamlarning tinçligini buzgan şaxslarga nisbatan amaldagi şariat qoidalari va tegişli me’yorlar asosida qonuniy çoralar körilişini ma’lum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonning Hirot viloyatida “fazilatni tarğib qiliş va yomonlikning oldini oliş” böyiça “Tolibon” guruhi ayollar kiyiniş qoidalariga rioya qilinişi şartligi haqida ogohlantiriş bergani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing