Yuzingni yop, mahram bilan yur, endi “ovozing o‘chsin”... “Tolibon”dan ayollarga yangi taqiq

Olam

image

“Tolibon”ning G‘azni viloyatidagi Axborot va madaniyat boshqarmasi barcha ommaviy axborot vositalarini ayollar ovozi bilan yozilgan tijoriy e’lonlarni efirga uzatmaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda “8am.media” nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Tolibon” mahalliy OAVlari bu tartibni buzsa, ularga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantiriladi. Shuningdek, G‘azni viloyatida dastur paytida ayollarga qo‘ng‘iroq qilishga ham taqiq qo‘yilgan. Hozirda viloyat ommaviy axborot vositalarida ishlovchi ayollar taqiq ortidan uyda ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha afg‘onistonlik ayollarga nisbatan bir qator cheklovlar joriy qilingan edi. Afg‘on ayollarining BMT idoralarida ishlashi, erkak shifokorlarga borishi, to‘yxonalar faoliyati, universitet va maktabda ta’lim olishi, shifoxonaga yolg‘iz borishi va ularning istirohat bog‘iga borishi taqiqlangan. Shuningdek, ayollarga ochiq havodagi restoranlarga kirish va Ramazon hayitida ham ko‘chaga chiqish man etilgandi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tolibon taqiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing