“Tolibon” yetakchisi afg‘on ayollarining “erkin inson” maqomini tiklaganini aytdi

Olam

image

“Tolibon” harakatining oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda uning rejimi ayollarni “an’anaviy zulm”dan ozod qilib, “erkin odamlar” maqomini tiklaganini aytdi. Bu haqda uning Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida so‘z bordi.

“Ayollarni ko‘plab an’anaviy zulmlardan, jumladan, majburiy nikohdan qutqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rildi, ularning shariat huquqlari himoya qilindi. Xotin-qizlarning erkin va munosib inson sifatidagi maqomi tiklandi hamda barcha institutlarga ayollarga nikoh, meros va boshqa huquqlarni ta’minlashda yordam berish majburiyati yuklandi”, deyiladi Oxundzodaning bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” xotin-qizlarning islom shariatiga muvofiq farovon va hotirjam hayot kechirishi uchun ularning ahvolini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan.

Shuningdek, “Tolibon” yetakchisi Afg‘onistondagi ayollar muammolari, jumladan, “20 yillik ishg‘olning salbiy tomonlari” bilan bog‘liq ekanini da’vo qilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda hokimiyatga kelganidan beri “Tolibon” turli cheklovlarni joriy qilgan. Xususan, ular ayol teleboshlovchilarni hijob o‘rashga majburlagan, ayol aktrisalar ishtirokidagi dramatik fil’mlar va ko‘rsatuvlar namoyishini taqiqlagan.

Bundan tashqari, “Tolibon” Afg‘oniston universitetlarida qizlar uchun darslarni to‘xtatib qo‘ygan, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchi qizlarining ham maktablarga borishini taqiqlagan. Shuningdek, “Tolibon”, ayollarning universitetlardagi professor-o‘qituvchilar tarkibida bo‘lishini taqiqlab qo‘ygan hamda ayollarni barcha milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarda ishlashdan chetlashtirishni buyurgan. Bu qarorlar ko‘plab xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT tomonidan tanqidlar to‘lqiniga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing