“Tolibon” qizlar uchun universitetlar eshiklarini yopdi
Olam
−
21 dekabr 2022
5829Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan keyingi qarorga qadar talaba qizlar uchun darslarni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda kecha, 20 dekabr kuni “Ariana News” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston Islom Amirligi Oliy ta’lim vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida universitetlarga qizlar uchun darslar keyingi ogohlantirishgacha darhol to‘xtatilishi kerakligi haqida xat yo‘llagan.
2021 yil bahorida AQSH o‘z Qurolli kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng “Tolibon” mamlakat ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshlagan edi. 15 avgust kuni toliblar Qobulga jangsiz kirib keldi va 7 sentyabr kuni qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.
2021 yil sentyabr oyi boshida Afg‘onistonning butun hududi ustidan nazorat o‘rnatgan “Tolibon” tarafdorlari ayollar va qizlarga turli cheklovlar qo‘ya boshladilar va buni shtatda “tegishli islomiy muhit” yaratish zarurati bilan izohladilar. Jumladan, 20 yilga yaqin mavjud bo‘lgan Xotin-qizlar ishlari vazirligini tugatib, o‘rniga Islomiy da’vat, hidoyat, amr va ma’rifat vazirligini tashkil etishdi, qizlarning maktablarga kirishini cheklandi va ayollar ko‘chada va jamoat joylarida ro‘mol o‘rashga majburlandi.
LiveBarchasi