“Tolibon” hayitda ayollarga ko‘chaga chiqishni man qildi

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvvaqat hukumati mamlakatning Tahor va Bag‘lon viloyatlarida Ramazon hayiti vaqtida ayollarni ko‘chaga chiqishini taqiqladi. Bu haqda “Hasht-e Subh Daily” nashri xabar berdi.

“Tolibon”ning mazkur viloyatlardagi Himoya, Haj va Vaqf rahbariyati imom-xatib va voizlarga maktub yo‘llab, hayitda va’z qilishda harakat yetakchisi Haybatulloh Ohundzoda nomidan foydalanishni buyurgan.

Maktubda “Tolibon” yetakchisining tabriknomasi ham hayit namozi xutbasiga qo‘shimcha sifatida o‘qilishi lozimligi qayd etilgan.

Shunindek, odamlarga Ramazon hayiti kunlarida qayg‘uga sabab bo‘ladigan motam uchun marhumlarning uylariga borishdan ham tiyilishi kerakligini aytgan.

“Odamlarga tuxum urish, tovuq urish kabi noqonuniy o‘yinlardan voz kechish tavsiya qilinsin”, deya yozilgan maktubda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon taqiq Ramazon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing