“Tolibon” ayollarga yana bir taqiq qo‘ydi

Olam

image

Afg‘onistonda “Tolibon” ayollarga milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarda ishlashni taqiqladi. Bu haqda “Alarabiya” telekanali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tegishli hujjat Afg‘onistondagi barcha xususiy muassasalarga yuborilgan. Agar ushbu qoida buzilsa, hukumat tashkilotning faoliyat yuritishi uchun ruxsatnomani bekor qilishi mumkin.

Taqiqlanishning aniq muddati ko‘rsatilmagan.

“Tolibon” taqiqni bunday tashkilotlarning ayrim xodimlari musulmonlarga xos kiyinmasligi bilan izohlagan.

Avvalroq Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan keyingi qarorga qadar talaba qizlar uchun darslarni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi. 

Buning ortidan AQSH ma’muriyati o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlarida qizlarning o‘qishi to‘xtatilgani munosabati bilan “Tolibon” harakatiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made