Bugun nimalarni ko‘rdik, eshitdik, gapirdik?
Jamiyat
−
18 Sentabr 2019
5677Yakuniga yetayotgan 18 sentyabr sanasining eng muhim xabarlari bilan tanishing.
Yapon dengizida Rossiya chegarachilariga hujum bo‘ldi
Kecha, 17 sentyabr kuni ichida brakonerlar bo‘lgan Shimoliy Koreya ekipaji Yaponiya dengizining Rossiyaga tegishli qismida chegarachilariga hujum qildi.
Hodisa Rossiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidagi Quito-Yamato qirg‘oqlari hududida yuz berdi. Chegarachilar noqonuniy baliq ovi bilan shug‘ullanuvchi ikkita shtangachi va o‘n bitta motobotni topdi. Bortida 21 ekipaj a’zosi bo‘lgan bitta kema qo‘lga olingan, ikkinchisidan esa chegarachilarga qarata o‘t ochilgan.
5 nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak finalga yo‘llanma oldi
Kecha, 17 sentyabr kuni boks bo‘yicha Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlarida o‘zbekistonlik besh sportchi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonliklar Sankt-Peterburgda YPX xodimini do‘pposladi
Joriy yilning 9 sentyabr kuni Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar yo‘l parul xizmati xodimini do‘pposladi. Politsiya tomonidan to‘xtatilgan avtomobil haydovchisi va ikki yo‘lovchisi politsiya xodimining qonuniy talablarini bajarishmagan va unga tan jarohatlari yetkazishgan. Haydovchi va bir yo‘lovchi qo‘lga olindi. Uchinchi ishtirokchini qidirib topish va qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
“Burger King” omboridan o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Rossiya shimoliy poytaxtidagi "Burger King" kafesida o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi. Ushbu voqea joriy yilning 14 sentyabr kuni sodir bo‘lgan.
Prezident yaradorlarni ko‘rgani shifoxonaga bordi
Bugun, 18 sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov 4-sonli Bishkek shahar klinik shifoxonasida davolanayotgan qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro qurbonlarinining xolidan xabar oldi.
Anqara hokimi Ortiqxo‘jayevdan Toshkent ko‘chalariga Anqara nomi berilishini so‘radi
Turkiya poytaxti Anqara shahar hokimi Mansur Yavash Toshkentga keldi. U O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashdi.Toshkent shahar hokimi oxirgi 3 yilda O‘zbekiston va Turkiya munosabatlarida yangi davr kuzatilayotganligini qayd etgan.
Yunusobodda sigaret yong‘inga sabab bo‘ldi
Shu yilning 17 sentyabridan 18 sentyabriga qadar Toshkent shahrida yong‘in bilan bog‘liq 4 ta holati qayd etilgan bo‘lib, unda 1 nafar fuqaro tan jarohati olgan, insonlarni halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Bosh vazirlar kelishib oldi
Bugun, 18 sentyabr kuni Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari bahsli chegara hududida minoralar qurishni to‘xtatishga kelishib oldi. Tojikistonning So‘g‘d viloyati Ovchi-Kalacha qishlog‘idagi "Bahor" mahallasi hududidagi muzokaralar 7:30 dan 10:15 gacha davom etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘iz tomoni bahsli hududda chegara minorasini buzishga qaror qilgan va tojik tomoni o‘z minorasini qurishdan bosh tortgan. Shuningdek, bugun, 18 sentyabr kuni soat 18.00 gacha, ikki mamlakat chegara xizmatlari mojaro bo‘lgan joydan qo‘shimcha kuchlar va harbiy texnikalarni olib tashlashadi.
Nimaga biz uyg‘onmasdan, kuzatuvchi bo‘lib turamiz – Norboyeva
O‘tgan hafta 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlisida Tanzila Norboyeva deputatlar va senatorlarning faoliyatini tanqid qilib, mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bo‘yicha Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlardan bexabar ekanini ta’kidladi. Senat raisiga ko‘ra, senatorlar joylarga chiqib, muammolarni hal etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda.
Habib Porening futbolkasini qimmatga sotdi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Dastin Porening futbolkasini auksionda sotdi. Futbolka 100 ming dollarga sotilgan. Auksiondan tushgan barcha mablag‘lar Pore tomonidan asos solingan “The Good Fight” xayriya fondiga o‘tkaziladi.
Paxtachida “konchi”larni tosh bosib qoldi, qurbonlar bor
Shu yilning 17 sentyabr kuni soat taxminan 18:30 larda 3 nafar fuqaro Samarqand viloyati Paxtachi tumanida hududida joylashgan, davlat zahirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotganlarida tog‘ toshi bosib qolishi natijasida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 1 nafar fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Ertaga Toshkentda metro bepul bo‘ladi
Toshkent birinchi bor har yili 16-22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan va dunyoning 50ga yaqin mamlakat ishtirok etadigan Yevropa Harakatlanish Haftasining rasmiy ishtirokchisiga aylandi. Uning doirasida bepul metro va avtomobilsiz kunlar o‘tkaziladi.Ushbu o‘ziga xos forum “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Toshkent Metropoliteni” UK tomonidan Toshkent aholisi hamda mehmonlari o‘rtasida transportning muqobil turini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Mazkur kampaniya doirasida 19 sentyabr Toshkentda Bepul metro kuni deb e’lon qilingan.
Prezident mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oyog‘iga kim bolta urayotganini aytdi
O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha, 17 sentyabr kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbari yig‘ilishdagi nutqida bugun iqtisodiyotda yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlardan amaldorlar va soxta tadbirkorlar faqat o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolayotganini qattiq tanqid qildi.
2000 yil tug‘ilgan terrorchi qo‘lga olindi
Dog‘istonda Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari respublika hududida terakt hujumini uyushtirmoqchi bo‘lgan ISHID a’zosini qo‘lga oldi. Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs 2000 yilda tug‘ilgan va Rossiya fuqarosi.
Qonunni bir kunda yozib, besh kunda qabul qilish mumkin – Ismoilov
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining qo‘shma majlisi o‘tkazildi. Unda Ommaviy axborot vositalariga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzilgani ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan ko‘pchilik tajribali jurnalistlar mamlakatda ommaviy axborot vositalariga doir qonunlarni takomillashtirish, yolg‘on axborot va soxta ma’lumotlar, birovning shaxsiga oid ma’lumotlarni tarqatishga oid keskin jazo choralari ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladilar.
O‘zbekistonda 5 xil banknot va 9 xil tanga muomaladan chiqarilyapti
Bugun, 18 sentyabr kuni “25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur Nizomga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik, 1, 5, 10, 25 so‘mlik qiymatidagi tangalar, shuningdek 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik eski namunadagi banknotlar (qog‘oz pullar) 2020 yil 1 martdan boshlab qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.
LiveBarchasi