Guljahon Yo‘ldosheva o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmadi

Jamiyat

Guljahon Yo‘ldosheva ko‘p narsani biladi, uning kamroq gapirishini istashdi – Xo‘jayeva north_east

Guljahon Yo‘ldosheva ko‘p narsani biladi, uning kamroq gapirishini istashdi – Xo‘jayeva

“Bu Guljahon Yo‘ldoshevadan barcha ayblovlar olib tashlandi degani emas”. Prokuratura bayonot berdi (video) north_east

“Bu Guljahon Yo‘ldoshevadan barcha ayblovlar olib tashlandi degani emas”. Prokuratura bayonot berdi (video)

Shifokor Guljahon Yo‘ldosheva uyiga, oilasi bag‘riga qaytdi north_east

Shifokor Guljahon Yo‘ldosheva uyiga, oilasi bag‘riga qaytdi

Xabarngiz bor, kecha, 4 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi Bosh shifokori lavozimida ishlagan Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sud eshituvchida davlat ayblovchisi – prokuror Akbar Nigmanov Guljahon Yo‘ldosheva va shu ish doirasida sudlanayotgan boshqa ayblanuvchilarga ayblovni o‘qib eshittirdi. Tergov xulosasiga ko‘ra:

Jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilingan Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 25-167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi, hamda 207-moddasi 1-qismi bilan;

Jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilingan Shixnazar Ro‘zmetovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 228-moddasi 3-qismi bilan;

Jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilingan Jahongir Ziyadullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan;

Jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilingan Alisher Dadamatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25-167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan;

Jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilingan Janar Akimovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilindi.

Ayblanuvchilar yuqorida zikr etilgan moddalar bo‘yicha qasddan jinoyat sodir etishda ayblanyapti. 

Ayblov o‘qib eshittirilgach, sud ayblanuvchilarning har biridan ko‘rsatilgan moddalar bo‘yicha aybiga iqrorligini so‘radi. Guljahon Yo‘ldosheva jinoyat ishida keltirilgan ayblovga mutlaqo iqror emasligini bildirdi. Jumladan, u shunday dedi:

“Yo‘q, men qo‘yilgan ayblovdan umuman noroziman. Chunki men hali jinoiy ish bilan tanishib chiqqanim ham yo‘q. Prokuratura organi tasdiqlangan hujjatlarsiz iqtisodiy holatlarni “chiroyli” qilib yozibdi. 

Rustamov Farruxning o‘limi yuzasidan hech qanday qo‘pollik qilishni xohlamayman. Bundan tashqari, jinoiy ishda biror bir guvoh men kimgadir qandaydir epikriz (bemorning ahvoli to‘g‘risida qaror) yozishni aytganim va bemorni qo‘chirishda qatnashganim haqida guvohlik bermagan. 10-11 noyabr kuni yozilgan va bu tergovchiga ma’lum edi, u jinoiy ishda qanday bo‘lsa shunday yozib qo‘ysa bo‘lardi. Men umuman noroziman”.

Qolgan ayblanuvchilar Ro‘zmetov, Ziyadullayev, Dadamatov, Akimova ayblovga qisman iqrorligini bildirdi.

Sudya Sunnatilla Avlokulov ushbu jinoiy ish bo‘yicha keyingi sud majlisi joriy yilning 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi sud majlisida Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘llangan uy qamog‘i ehtiyot chorasini o‘zgartirish masalasi ham ko‘rildi. Sud ayblanuvchi advokatining Yo‘ldoshevaga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini yumshatish talabini rad etdi.

Yo‘ldosheva ishi

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva koronavirus kasalligiga chalingan bemor o‘limiga sababchi bo‘lish va 250 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilishda ayblanib hibsga olingandi

U Zangiota tumanida joylashgan tergov hibsxonasining ayollar bo‘linmasida saqlanayotgan edi. 

Yo‘ldoshevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi

Joriy yilning 8 sentyabr kuni shifoxona Bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva majburiy tartibda tergovga olib kelinib, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilgan.

Prokuratura bayonotiga ko‘ra, ayblanuvchi Guljahon Yo‘ldosheva tergov harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgani, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgani, u tomonidan sodir etilgan jinoyat og‘ir jinoyatlar turkumiga kirishi, shuningdek, uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida protsessual tartibda ushlanib, sudning 9 sentyabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan “qamoqqa olish” extiyot chorasi qo‘llanilgan.

Biz bugungacha ushbu ish yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahri prokurori Baxtiyor Ibrohimov, viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseri Bosh shifokori Feruza Shonosirova, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etgan shifokor Farrux Rustamovning rafiqasi Kamola Rustamova, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nizom Abdullayev bilan suhbatlashdik. Ushbu intervyularda ular bir ovozda Guljahon Yo‘ldoshevani ayblagan. QALAMPIR.UZ voqealarga yanada aniqlik kiritish, ikkinchi tarafning fikrlarini tinglash maqsadida Guljahon Yo‘ldoshevaning himoyachisi Xushnud Axrorovga mikrofon tutdi.


Maqola muallifi

Teglar

Guljahon Yo'ldosheva

Baholaganlar

152

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing