“Hammamiz Rossiyaning nishonimiz”. Zelenskiy dunyoni Kremlning ambitsiyalaridan ogohlantirdi

Olam

image
Ukrainada ayollar ham armiyaga chaqiriladimi? Qurolli Kuchlar vakili javob berdi north_east

Ukrainada ayollar ham armiyaga chaqiriladimi? Qurolli Kuchlar vakili javob berdi

Bugun Ukrainaga qarshi kurashayotgan Rossiya butun dunyoni nishonga olgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Londonda Qo‘shma ekspeditsiya korpusi (JEF) yig‘ilishi ishtirokchilariga videomurojaatida shunday fikr bildirdi.

Zelenskiy murojaati davomida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi chiqqan davlatlarga minnatdorlik bildirgan va o‘z mamlakatini ko‘proq qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Ukraina Prezidentining ta’kidicha, agar Yevropa hozir Rossiyaga qarshi harakat qilmasa, Moskva Yevropaning boshqa qismlarini ham nishonga olishi mumkin. 

“Biz hali ham Rossiya urush mashinasini to‘xtata olamiz. Biz hali ham odamlarni o‘ldirishni to‘xtatishga qodirmiz. Buni birgalikda qilish va demokratiyani yo‘q qilishni to‘xtatish osonroq bo‘ladi. Hozir bizning yerimizda to‘xtating, aks holda ular sizning oldingizga kelishadi. Biz hammamiz Rossiyaning nishonimiz. Bizga yordam berib, o‘zingga yordam ber”, degan.

Zelenskiydan keyin so‘zga chiqqan Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson dunyo “umidsizlik davrini” boshdan o‘tkazayotganini va yetakchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq harakat qilishlari kerakligini aytgan. 

“Siz haqli ravishda bizni ko‘proq (harakat) qilishga undadingiz va biz ko‘prog‘ini qilishimiz mumkinligini va qilishimiz kerakligini bilamiz”, degan Jonson.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made