HAMAS Isroil bilan muzokaraga tayyorligini bildirmoqda – “Aljazeera”
Olam
−
10 Oktabr 2023
6884HAMAS Isroil bilan sulh shartlarini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda HAMASning yuqori martabali rasmiysi Muso Abu Marzuk “Aljazeera” telekanaliga ma’lum qildi.
Guruh ehtimoliy sulhni muhokama qilishga tayyormi, degan savolga Muso Abu Marzuk HAMAS barcha siyosiy muloqotlar uchun ochiqligini bildirgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, HAMAS o‘nlab ikki fuqarolikka ega Isroil fuqarolarini, jumladan, Rossiya va Xitoy fuqaroligiga ega bo‘lganlarni qo‘lga olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.
Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.
Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.
Shuningdek, HAMAS asirga olingan isroilliklardan AQSH va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda foydalanishni rejalashtirmoqda.
Hozirda G‘azo sektorida 187 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Ikki tomondan qurbonlar soni 1600 dan oshgan.