Netanyaxu hokimiyatni yöqotişi mumkin: Isroilda yangi boş vazirni tanlaş boşlandi

Olam

−

image

Isroil Prezidenti Isxak Gersog yangi hukumatni şakllantiriş vakolatini muxolifatdagi “Yaşad” partiyasi yetakçisi Gadi Ayzenkotga topşiradi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Gersog bugun, 8 noyabr kuni Quddusdagi prezident qarorgohida Ayzenkotga hukumatni şakllantiriş mandatini rasman topşiradi. Şundan söng siyosatçiga hukumat koalitsiyasini tuziş uçun 28 kun vaqt beriladi. Zaruriyat tuğilsa, bu muddat yana 14 kunga uzaytirilişi mumkin.

Mazkur mandat Ayzenkotning avtomatik ravişda boş vazirga aylanişini anglatmaydi. Agar u belgilangan muddatda koalitsiya tuza olmasa, vakolat boşqa siyosatçiga, jumladan, amaldagi boş vazir Binyamin Netanyaxuga berilişi mumkin. U ham muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, mamlakatda navbatdan taşqari parlament saylovlari ötkazilişi ehtimoli bor.

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Isroilda ötkazilgan parlament saylovlarida heç bir siyosiy kuç Knessetdagi 61 örinni qölga kirita olmagan. Netanyaxu boşçiligidagi hukmron öng koalitsiya 53 ta, Ayzenkot boşçiligidagi törtta partiyadan iborat ittifoq esa 48 ta mandat olgan.

Şu sababli yangi hukumatni şakllantirişda arab partiyalarining pozitsiyasi hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda. Saylovlarda arab aholisini ifodalovçi ikki partiya jami 19 ta örinni qölga kiritgan. Ayzenkot avvalroq ular bilan koalitsiya tuzişdan boş tortib kelgan.

Qayd etilişiça, Isroil prezidenti bu qarorga kelişdan oldin siyosatçilar va turli partiyalar rahbarlari bilan maslahatlaşgan. Natijada Ayzenkot nomzodi 67 nafar siyosatçi tomonidan, Netanyaxu esa 46 nafar siyosatçi tomonidan qöllab-quvvatlangan.

Netanyaxu esa avvalroq mamlakatda milliy birlik hukumatini tuzişga çaqirgan. U arab aholisini ifodalovçi partiyalarning mamlakat boşqaruvida iştirok etişiga qarşi çiqqan.

Ayzenkot kim?

Gadi Ayzenkot 2022 yilda siyosatga kirib kelgan. U avval Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Boş ştabi boşliği lavozimida işlagan. HAMASning Isroilga hujumidan keyin bir muddat Netanyaxu tuzgan harbiy kabinet tarkibiga kirgan, keyinçalik esa muxolifatga qaytgan.

Ayzenkot amaldagi boş vazirni mamlakatni boşqariş uslubi va Ğazo sektoridagi harbiy amaliyotlar uçun keskin tanqid qilib keladi. Şuningdek, u Isroil köçmançilarining Ğarbiy Sohildagi falastinliklarga nisbatan zöravonligini ham qoralagan.

Siyosatçining hayotidagi oğir yöqotişlar ham uning jamoatçilik orasidagi obrösiga ta’sir körsatgan. 2023 yilning dekabr oyida Ğazo sektoridagi janglarda uning 25 yoşli öğli halok bölgan. Keyinçalik ikki jiyani ham uruşda vafot etgan.

Ayzenkot saylovoldi kampaniyasida 2023 yilning 7 oktyabrdagi xavfsizlik tizimidagi kamçiliklarni tekşiriş uçun mustaqil davlat komissiyasini tuzişni va’da qilgan.

Ma’lumot uçun, Gadi Ayzenkot Isroilning 2006 yilda Livandagi “Hizbulloh” guruhiga qarşi uruşida qöllangan “Dahiya” harbiy strategiyasi muallifi sifatida ham tanilgan. Uşbu doktrina raqibga nisbatan keng kölamli va nomutanosib kuç işlatiş, jumladan, harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlardagi fuqarolik infratuzilmasini yöq qilişni nazarda tutadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Markaziy saylov komissiyasi Knessetga saylovlardagi ovozlarni hisoblaşni yakunlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing