Uitkoff Rossiya va Ukraina örtasida muzokaralar qaçon va qayerda bölişini ma’lum qildi
Olam
−
09:28 1168 2 daqiqa
Rossiya va Ukraina örtasida AQŞ vositaçiligida muzokaralar joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida bölib ötadi. Bu haqda AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff X ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.
Uning ma’lum qilişiça, uçraşuv işçi darajada taşkil etiladi. Undan oldin AQŞ muzokaraçilari Bryusselda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari bilan uçraşadi. Tomonlar Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari va kelajakdagi xavfsizlik arxitekturasini muhokama qiladi.
Avvalroq, ötgan hafta Osloda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Norvegiya Boş vaziri Yonas Gar Styore va Stiv Uitkoff iştirokida uçraşuv bölib ötgandi.
Şundan bir kun ötib, Uitkoff Sankt-Peterburgga borib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi mojaroni hal qiliş böyiça hujjatlarni taqdim etgan. Putin esa AQŞ va Ukraina iştirokidagi uç tomonlama formatda maslahatlaşuvlarni qayta boşlaşga Moskva tayyorligini bildirgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Abu-Dabidagi uçraşuvda Rossiya va Ukrainaning xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinişini aytgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yuriy Uşakov Rossiya, AQŞ va Ukraina örtasida Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş böyiça tinçlik muzokaralari joriy yilning 4 noyabridan keyin Abu-Dabida ötkazilişi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi