Abu-Dabi sudi aka-uka Nurmagomedovlarni ozod qildi

Sport

−

image

Abu-Dabi Jinoyat işlari böyiça sudi rossiyalik MMA jangçilari Usmon va Umar Nurmagomedovlar iştirokidagi janjalga aloqadorlikda ayblangan sakkiz kişining jazosini yengillaştirib, ularni hibsdan ozod qildi. Bu haqda Abu-Dabi Sud departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Sud avval tayinlangan jazoni har bir ayblanuvçi uçun 150 ming BAA dirhami (taxminan 41 ming dollar) miqdoridagi jarima bilan almaştirdi. Qaror janjal iştirokçilari bir-biriga nisbatan da’volaridan voz keçgani va jabrlanuvçi Abu-Dabi rasmiylaridan mahkumlarni ozod qilişni söraganidan keyin qabul qilingan.

Avvalroq, UFC sobiq çempioni, gruziyalik Merab Dvalişvili ijtimoiy tarmoqlarda Usmon Nurmagomedov va uning döstlarini öziga hujum qilganlikda ayblagan edi. Keyinçalik janjalga aloqador şaxslar hibsga olingan.

Ma’lum qilinişiça, dastlab 10 kişi qölga olingan, ulardan ikki nafari ozod etilgan. Qolgan sakkiz kişi 6 oylik qamoq jazosi va 300 ming dirham jarimaga hukm qilingan. Hibsga olinganlar orasida Usmon Nurmagomedov ham bölgan. Keyinçalik Dvalişvili Abu-Dabi rasmiylaridan qölga olinganlarning barçasini ozod qilişni söragan.

Eslatib ötamiz, 2025 yil yanvar oyida Merab Dvalişvili Umar Nurmagomedov bilan jang qilib, hakamlar qaroriga köra ğalaba qozongan va UFC çempionlik kamarini himoya qilgan. Ayni paytda mazkur kamar rossiyalik Pyotr Yanga tegişli. Dvalişvili sönggi ikki jangini aynan Yangga qarşi ötkazib, çempionlik kamarini qöldan boy bergan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing