Dvalişvili Abu-Dabi rasmiylaridan Nurmagomedovni ozod qilişni söradi

Sport

−

image

UFC’ning yengil vazn toifasidagi sobiq çempioni Merab Dvalişvili Abu-Dabi rasmiylaridan mehmonxonadagi janjaldan keyin hibsga olinganlarni ozod qilişni söradi. Bu haqda gruziyalik jangçi keça, 14 noyabr kuni RAF turnirida braziliyalik Marlon Morayesni mağlub etganidan keyin ma’lum qildi.

“Abu-Dabi rasmiylariga yoki bu masalani hal qila oladigan barça insonlarga murojaat qilmoqçiman. Iltimos, bu yigitlarni ozod qiling. Biz şunçaki jangçilarmiz va bunday holatlar sodir bölişi mumkin. Ularning ozod etilişini istayman. Iltimos”, deydi Dvalişvili.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 noyabr kuni Usmon Nurmagomedov va uning döstlari Abu-Dabidagi mehmonxonada Dvalişvili hamda uning tanişiga hujum qilgan edi. Joriy yilning 13 noyabr kuni şahar sud departamenti Usmon Nurmagomedov va yana yetti kişi olti oylik qamoq jazosiga hukm qilinganini ma’lum qildi.

Dvalişvili va kuraşçi Saba Lazişvili esa hibsdan ozod qilinib, 50 ming dirham (taxminan 13 600 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan. Keça, 14 noyabr kuni esa Dvalişvili Umar Nurmagomedov ham hibsda ekanini ma’lum qildi.

Umar Nurmagomedov 14 noyabr kuni RAF musobaqasida amerikalik Uria Faberga qarşi bahs olib borişi kerak edi. Biroq uning örnini Saba Lazişvili egalladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing