Hamzat Çimayev RAF turnirida sobiq UFC çempionini mağlub etdi
Sport
−
10:30 186 1 daqiqa
Keça, 14 noyabr kuni UFC’ning örta vazn toifasidagi sobiq çempioni Hamzat Çimayev Abu-Dabida bölib ötgan Real American Freestyle (RAF) kuraş turnirining asosiy jangida yana bir sobiq UFC çempioni, Şon-şaraf zali a’zosi amerikalik Kris Veydmanni mağlub etdi.
Yarim oğir vazn toifasidagi çempionlik jangi Çimayevning ikkinçi raunddagi nokautli ğalabasi bilan yakunlandi. BAA bayroği ostida iştirok etuvçi Çimayev raqibini 10:0 hisobida mağlub qildi.
Jang böş turgan RAF yarim oğir vazn toifasidagi krossover çempionlik kamari uçun ötkazildi. Uşbu vazn toifasi 87 kilogrammdan 98 kilogrammgaça bölgan sportçilarni qamrab oladi.
32 yoşli Çimayev 2025 yil avgust oyida UFC’ning örta vazn toifasida çempioniga aylangan. Biroq 2026 yil may oyida amerikalik Şon Striklendga mağlub bölib, çempionlik kamarini boy bergandi. 42 yoşli Veydman RAF doirasidagi ikkinçi jangini ötkazdi. U har ikki bahsda ham mağlub böldi.
Ma’lumot uçun, RAF promouşeni 2025 yilda Çad Bronşteyn, Izzi Martines va 2025 yil iyul oyida 71 yoşida vafot etgan Xalk Xogan tomonidan taşkil etilgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr