Yadro xavfi yoxud Isroil AQŞni “gij-gijlayapti”

Tahlil

−

Reklama
0:00

“Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuning bosimi ostida Tramp ma’muriyati Eronga yadroviy zarba berişga tayyorlanayotgan bölişi mumkin”, aynan mana şunday tahlikali sözlar bilan amerikalik maşhur siyosiy şarhlovçi va teleboşlovçi Taker Karlson özining X sahifasiga post joyladi. Karlson na amaldagi siyosatçi va na xalqaro munosabatlar böyiça tahlilçi olim, şunçaki jurnalist. Uning media makondagi reyting va “layklar” ilinjida yozgan hamma postini ham jiddiy qabul qiliş, ilmiy asosga ega prognoz sifatida baholaş xato bölar edi.

Biroq sönggi kunlarda Vaşingtonning Eronga qarşi yangi harbiy amaliyotlar ehtimolini oçiq muhokama qilişi, Donald Trampning ayrim strategik nişonlarni “10 daqiqa içida” yöq qiliş mumkinligi haqidagi keskin bayonotlari, Isroil Boş vaziri bilan bölgan telefon suhbati va Tehronda aholiga ehtimoliy yadroviy hujum şaroitida qanday harakatlaniş böyiça körsatmalar tarqatilayotgani fonida uşbu post butun media makonda jiddiy muhokamaga sabab bölmoqda. Hali Karlson keltirgan ma’lumotlar tasdiqlanmagan, soha mutaxassislari ham aytilayotgan taxminlarni asossiz deb baholamoqda. Biroq voqealarning bunday xronologik tartibi, Netanyahuning kursisi qimirlab qolgani va Amerika hukumati tepasida Tramp turganini hisobga olsak, eng yomon ssenariy ham imkonlidek göyo.

Xöş, navbatdagi yadroviy xavf bir jurnalistning vahimasimi yoki bunday etni junjiktiradigan miş-mişlar ortida boşqa bir signallar bormi?

X’dagi töpolon

2026 yil 1 noyabr kuni amerikalik siyosiy şarhlovçi, Fox News telekanalining sobiq boşlovçisi Taker Karlson X ijtimoiy tarmoğida Yaqin Şarqdagi vaziyat yanada xavotirli tusga kirayotgani haqida bayonot bilan çiqdi. U AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuning bosimi ostida Eronga qarşi yadroviy zarbani amalga oşirişga yaqin turganini da’vo qildi. Karlsonning yozişiça, ehtimoliy nişon Eron markazidagi Pickaxe Mountain hududida joylaşgan yerosti yadroviy inşooti bölişi mumkin. Uning ta’kidlaşiça, taxminan 90 metr granit qatlami ostida joylaşgan tunnel va inşootlarni AQŞning mavjud an’anaviy qurollari bilan yöq qiliş muşkul iş, şu sababli Vaşington oldida yadro qurolidan foydalaniş varianti ham turibdi.

“Amerika arsenalidagi heç bir oddiy qurol boyitiş işlari olib borilayotgani aytilayotgan tunnellarni yöq qiliş uçun 300 futlik (taxminan 100 metr) granit qatlamni yorib öta olmaydi. Yagona harbiy variant – yadroviy zarba”, deb yozadi u.

Karlson bu ehtimolni şunçaki harbiy zarurat bilan izohlamaydi. Uning fikriça, Netanyaxu Isroildagi içki siyosiy vaziyati sababli Trampni yangi harbiy amaliyotga undamoqda. U Isroil Boş vaziri AQŞ prezidentiga deyarli har kuni qönğiroq qilib, zarba beriş zarurligini uqtirayotganini, hatto 27 sentyabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklariga yaşirin taşrif buyurib, Abu-Dabini Eronga qarşi navbatdagi hujumga qöşilişga köndirişga uringanini yozgan. Karlsonning da’vosiga köra, Amirliklar bu taklifni rad etgan. Uning ta’kidlaşiça, Netanyaxu uçun uşbu uruş hokimiyatni qölida saqlab qoliş maqsadida zarur.

“Netanyaxu çorasiz va burçakka siqilgan ahvolda. Ötgan haftadagi saylov natijalaridan söng, agar Tramp Isroil siyosatiga bevosita aralaşib, boşqa partiyalar bilan kelişib, Netanyaxuga Knessetda 61 ta örinni ta’minlab bermasa, u hukumat tuzolmaydi. Aks holda, u boş vazir lavozimidan ketadi hamda şarmandalik, suriştiruvlar va ehtimoliy qamoq jazosiga yuz tutadi. Netanyaxuga Trampga yaqin bölişga majbur. Unga uşbu uruş kerak”, deb yozgan u.

Şuningdek, u AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset va Markaziy qömondonlik rahbari Bred Kuperni ham harbiy amaliyotlarni qayta boşlaş tarafdorlari sifatida tilga oladi va aynan ular orqali Netanyaxu Tramp qarorlariga ta’sir ötkazmoqçi bölayotganini yozgan. Davlat kotibi Marko Rubio va Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff ham Netanyaxu pozitsiyasiga yaqin ekani ta’kidlangan. Biroq bu da’volar uçun u oçiq dalillar yoki nomi körsatilgan manbalarni taqdim etmagan.

Şu bilan birga, Karlson Tramp atrofida diplomatik yeçim tarafdorlari ham borligini ta’kidlaydi. Uning yozişiça, vitse-prezident Jey Di Vens va maxsus vakil Stiv Uitkoff Eron bilan kelişuvga erişiş mumkinligini aytib, prezidentni muzokaralarni davom ettirişga undamoqda. Karlson Tramp yakuniy qarorni 7 noyabrgaça qabul qilişi mumkinligini bildirgan. U, şuningdek, AQŞ ma’muriyati fevral oyidan buyon yadroviy doktrinani özgartirib, taktik yadro qurollaridan birinçi bölib foydalaniş imkoniyatini osonlaştirganini da’vo qiladi. Bu fikrni tasdiqlovçi rasmiy hujjat yoki mustaqil dalil esa uning postida keltirilmagan.

Yana jurnalist postda ehtimoliy hujumning oqibatlarini ham baholagan. Karlsonning xavotiri faqat Eron hududi bilan çeklanmaydi. U Pickaxe Mountain hududiga yadroviy zarba berilişi Fors körfazini radioaktiv ifloslaniş xavfi ostida qoldirişi, natijada qariyb 100 million kişining içimlik suvi ta’minotiga tahdid tuğdirişi mumkinligini yozadi. Bundan taşqari, bunday hujum xalqaro munosabatlarda xavfli pretsedent keltirib çiqarişi, Rossiyani Ukrainaga, Hindiston va Pokistonni esa bir-biriga qarşi yadro qurolidan foydalaniş haqida öylaşga undaşi mumkinligini ta’kidlagan. Yakunda esa birinçi yadroviy zarbadan keyin Uçinçi jahon uruşining boşlanişi muqarrar böladi va bu uruş qisqa, ammo halokatli yakun topişi mumkinligini yozgan.

“Birinçi yadroviy zarbadan söng Uçinçi jahon uruşi muqarrar böladi. Uruş juda qisqa va yakuniy böladi. Biz oylardirki uşbu lahzalar sari ğaflatda odimlab kelmoqdamiz”, deb yozadi Karlson.

Karlsonning posti X’da keng muhokamalarga sabab böldi. Xususan, xalqaro munosabatlar böyiça taniqli olim Vali Nasr bu bayonotga munosabat bildirib, agar Karlson keltirgan ma’lumotlar rost bölsa, bu AQŞ ma’muriyati uçun nihoyatda jiddiy ayblov bölişini yozdi. Uning fikriça, masalaning eng xavotirli tomoni Vaşingtonning bunday keskin qarorni körib çiqişigina emas, balki uni boşqa davlat bosimi ostida amalga oşirişi mumkinligi haqidagi da’vodir. Nasr bunday ssenariyning oqibatlari butun Yaqin Şarqqa ta’sir qilişini, mintaqada yuz beradigan voqealar esa uning çegaralaridan taşqariga çiqişini ta’kidlagan.

Biroq barça tahlilçilar ham Karlsonning xulosalariga qöşilmayapti. Xalqaro siyosiy tahlilçi va Eurasia Group asosçisi Yan Bremmer AQŞning Eronga qarşi yadro qurolidan foydalanişi ehtimoli yuqori emasligini bildirgan. Uning fikriça, bunday qadam hatto Tramp ma’muriyatining özidan ham qabul qilinişi qiyin bölgan qaror bölib, Amerikaning xalqaro maydondagi mavqeiga mislsiz zarar yetkazadi. Bremmer Eron bilan harbiy qarama-qarşilik qayta boşlanişi ehtimolini inkor etmaydi, biroq ehtimoliy zarbalar yadroviy emas, an’anaviy qurollar bilan amalga oşirilişini kutmoqda.

“Bema’ni va yolğon gap. Munozaralar yadroviy zarba haqida emas, balki Tramp asosiy e’tiborini qaratayotgandek körinayotgan eng kuçli konvensional qurol haqida ketmoqda... Yadroviy zarba esa Yaqin Şarqda va undan taşqarida ham AQŞ taşqi siyosati hamda obrösi uçun har bir jabhada katta halokat bölar edi”, deb yozadi u.

Karlsonning bu posti Isroilga ham yetib bordi. Times of Israel naşri jurnalistni sönggi paytlardagi Isroilga qarşi va konspirologik ritorikasining mantiqiy davomi sifatida baholadi. Naşr Karlsonni Eron inqirozidan öz auditoriyasi e’tiborini tortiş va siyosiy şov-şuv kötariş uçun foydalanayotganlikda ayblagan.

“The Business Standard” naşri ham vaziyatga aralaşib, Tramp va Netanyaxu örtasida muloqotlar haqiqatan bölib ötgani haqida xabar berdi. Ammo xabarda muzokaralar yadroviy zarba emas, balki diplomatik bosim va kelajakdagi harbiy strategiyalar atrofida borgani aytilgan.

Şunday qilib, birgina jurnalistning tahlikali posti nafaqat X tarmoğida, balki kengroq doiralarda ham yadroviy hujum xavfi yana kun tartibiga çiqişiga olib keldi. Garçi bu postdagi fikrlar har qança işonçsiz bölmasin, AQŞning yangi hujum tölqini tez orada sodir bölişi kutilmoqda.

Uruşning qaytalanişi

Vaşington va Tehron örtasida diplomatik muzokaralar davom etayotgan bir paytda, har ikki tomon ehtimoliy yangi harbiy töqnaşuvga tayyorgarlik körmoqda. AQŞ mintaqada yirik harbiy kuç töplagan, Isroil Boş vaziri Donald Trampni hujumlarni qayta boşlaşga undamoqda, Eron esa nafaqat armiyasini jangovar şaylikka keltiryapti, balki aholini ham ehtimoliy keng kölamli uruş oqibatlariga tayyorlab kelyapti.

Yaqin Şarqda nisbiy sukunat yana buzilişi mumkin. AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi yangi harbiy operatsiya boşlaş imkoniyatini körib çiqayotgan bir paytda, Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Vaşingtonni zarbalarni qayta boşlaşga undamoqda. AQŞ va Isroil manbalariga tayangan Axios naşriga köra, ikki davlat rahbari 31 oktyabr kuni telefon orqali muloqot qilgan. Suhbatning asosiy mavzusi Eron bilan muzokaralar va harbiy amaliyotlarni qayta boşlaş ehtimoli bölgan. Isroil tomonining suhbatni “keskin”, amerikalik manbaning esa “töğridan töğri va oçiq” deb ta’riflagani ham tomonlar örtasidagi qaraşlar bir xil emasligini körsatmoqda.

Netanyaxu Trampni 3 noyabr kuni AQŞda bölib ötadigan oraliq saylovlardan keyinoq Eronga qarşi yangi zarbalar berişga köndirişga urinmoqda. Biroq Oq uy hozirça diplomatik muzokaralar natijasini kutiş tarafdori. Trampning özi 31 oktyabr kuni Eron bilan muzokaralar “yaxşi ketayotganini” aytgan bölsa-da, Tehronning va’dalarga sodiq qolişiga işoniş qiyinligini ta’kidlagan.

Şu bilan birga, Amerika prezidenti Erondagi yana bir yoki ikkita yadroviy ob’ekt masalasini hal qiliş zarurligini aytib, buni atigi 10 daqiqada amalga oşiriş mumkinligini bildirgan. U, xususan, Isfahon viloyatida, Natanz yadroviy majmuasi yaqinida joylaşgan Pickaxe Mountain hududini ham tilga olgan. Eron bu yerda yadroviy dastur doirasida iş olib borilayotganini rasman tan olmaydi.

“Biz buni 10 daqiqa içida amalga oşirişimiz mumkin. Buning uçun rejamiz bor. Pickaxe Mountain ob’ektini körişingiz mumkin. Biz bu masalani hal qilişimiz kerak. Buni juda tez amalga oşira olamiz”, degan u toğ içida joylaşgani taxmin qilinayotgan yadroviy ob’ektga işora qilib.

Vaşingtonning diplomatik va harbiy yönalişlarda bir vaqtning özida harakat qilayotgani bejiz emas. Ma’lumotlarga köra, AQŞ Arabiston dengizida 3 ta avianosets, 17 ta harbiy kema va 20 mingdan ortiq harbiy xizmatçidan iborat yirik flotni jamlagan. Harbiy kuçlar prezident buyruğidan keyin 96 soat içida zarba berişga tayyor holatga keltirilayotgani aytilmoqda. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio esa Tramp hozirça yangi hujum böyiça yakuniy qaror qabul qilmaganini va diplomatik yeçim imkoniyati saqlanib qolayotganini bildirgan. Demak, harbiy safarbarlikning özi hujum muqarrarligini anglatmaydi, biroq Vaşingtonning Tehronga bosim ötkaziş imkoniyatlarini sezilarli darajada oşiradi.

Tehron esa bunday ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlikni boşlab yuborgan. 31 oktyabr kuni Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy mamlakat harbiy qömondonligi bilan uçraşuvda har qanday tahdidga zudlik bilan, samarali va geografik çegaralar bilan çeklanmagan javob qaytarilişi kerakligini bildirgan. Eron armiyasi vakili Muhammad Akramniya ham ehtimoliy yangi uruş avvalgi töqnaşuvdan uzoqroq davom etişi mumkinligini aytgan.

Ayni paytda Eronning tayyorgarligi faqat harbiylar bilan çeklanmayapti. Tarmoqlarda Eron ommaviy axborot vositalarida namoyiş etilgan fuqaro muhofazasi videolari tarqalmoqda. Unda aholiga favqulodda vaziyatlarda, jumladan, yadroviy hujumga uçraganda boşpanalardan foydalaniş, zarur oziq-ovqat va suv zaxirasini şakllantiriş, oilaviy xavfsizlik çoralarini köriş hamda ehtimoliy hujum vaqtida qanday harakatlaniş böyiça körsatmalar berilgan. Videoda bunkerlar, omon qoliş uçun zarur buyumlar va oilalarni xavfsiz joyga olib çiqiş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Karlson tomonidan tarqatilgan yadroviy hujum xavfi haqidagi post ham aynan şu vaziyatda olovga yoğ sepgandek böldi. Yadroviy mojaro xavfi yana kun tartibiga çiqdi. U özi bilan olib kelişi mumkin bölgan qoronğu kelajak esa butun dunyoni xavotirga solmoqda. Balki aynan şu qörquv ham Tramp kabi davlat rahbarlarini bugun qizil tugmani bosişdan tiyib turgan bölsa, ajab emas. Şunday ekan, könglingizni xotirjam qilavering: bizni yadro qurolidan yadro qurolining özi himoya qilib turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing