62 yoshni qarshilagan Prezident, mamlakatdan ketgan Zolotoy, Kasbida boshlangan tekshiruv va boshqa xabarlar

Jamiyat

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston va undan tashqarida qiziqarli voqea va hodisalarga boy bo‘ldi. Quyida ushbu voqealarning eng muhimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Shavkat Mirziyoyev 62 yoshni qarshiladi

Vaqt suv kabi oqib o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyev bilan istiqbolni birga qurishni boshlaganimizga ham ikki yarim yildan oshdi. Bu orada Prezident bizning eng ishonchli odamimizga aylandi. Unga suyanishni o‘rgandik.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilib qolgan muammolarga yechim, ancha toliqqan davlatga rahbar bo‘lib keldi. U mehnatga, tinimsiz zahmat boshiga keldi. Qo‘l qovushtirib turishga odatlanganlarni ter to‘kib ishlashga o‘rgatdi. Sochlaridagi oqlar soni ortdi, yelkasidagi yuk kun sayin og‘irlab boryapti. Prezidentga nisbatan xalqning mehri esa kun sayin oshayotganini ko‘rib turibmiz. Bugun, 24 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev 62 yoshni qarshiladi.

IIVda ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari tayinlandi.

Endi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari mutlaqo yangicha tartibda ishlaydi

Bundan buyon viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflaydi. Bu haqda kecha, 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Mirziyoyevning dunyo tan olgan 10 tashabbusi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning TOP-10 ta eng muhim tashabbuslari aniqlandi. Buning uchun “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan ekspertlik so‘rovi o‘tkazildi.

Tajribali iqtisodchilar, siyosiy sharhlovchilar, yetuk olimlar, madaniyat arboblari, nufuzli jurnalistlar, huquq himoyachilari hamda mustaqil tadqiqotchilardan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar bazasi shakllantirildi.

Ravshan Zolotoy yana mamlakatni tark etdi

Taniqli tadbirkor, xalq orasida “avtoritet” nomi bilan tanilgan AIBA’ning sobiq prezidenti G‘afur Rahimovning jiyani, “kriminal avtoritet” sifatida ko‘rib kelingan “Ravshan Zolotoy” – Ravshan Muhiddinov joriy yilning 11 iyul kuni O‘zbekistonga qaytgani haqida xabar bergan edik. 30 yashar “Ravshan Zolotoy” bir necha kun Toshkentda bo‘lib, yana mamlakatni tark etgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

“Tashkent City” uchun “qurbon” qilingan restoran egasiga berilgan va’da hamon bajarilmadi

“Tashkent City” xalqaro biznes markazi qurilishi uchun “qurbon” qilingan “Ezidiyor” restorani xo‘jayini o‘ziga va’da qilingan binoni olishga harakat qilyapti. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi, Palata a’zosi “GRAND DUET” MCHJ O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasi rahbari Sh.Sobirov, murojaat qilgan.

Mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing miqdori oshiriladi

O‘zbekiston Republikasi Prezidenti “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2019 yil 1 avgustdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Farg‘onalik kelinlar dabdala qilgan zavodda ahvol qanday?

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish investitsion loyihasini amalga oshirish doirasida chet ellik sheriklar tomonidan neft yetkazib berish boshlandi. Shu tariqa hududning eng yirik korxonasi faoliyatida yangi davrga debocha qo‘yildi.

Atamboyev maxsus reysda Moskvaga uchib ketdi

Bugun, 24 iyul kuni Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi Kanr rus harbiy aviabazasidan maxsus reys bilan Moskvaga uchib ketdi. Atamboyev Moskvada kim bilan uchrashishi noma’lum. Faqatgina uchrashuvning samolyot taklif qilayotgan tomondan yuborilgani va uchrashuv yuqori darajada o‘tishi aytildi.

Tanzila Norboyeva 63 yoshni qarshiladi

Bugun, 24 iyul kuni nafaqat Shavkat Mirziyoyevning, balki Respublika rahbariyatidagi ikkinchi shaxs – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Kamolovna Norboyevaning ham tavallud kuni. Tanzila Norboyeva 63 yoshni qarshiladi.

Kasbi IIB boshlig‘ining “xurmacha” qilig‘i bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov kunning jazirama vaqtida fermerlarni dalada turishga majbur qilgani va keyinroq ularni kishanlatgani haqida xabar bergan edik.

Voqea yuz berganidan 10 kun o‘tib O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Unda qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat prokuraturasi va IIB tomonidan tekshiruv boshlangan.

Shumi xalqni o‘ylab chiqarilgan qaror? – “Adolat” SDP

Joriy yilning 19 iyul kuni Vazirlar Mahkamasiga fraksiyada ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha takliflar yuborilgan va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 1 avgustgacha Qonunchilik palatasiga ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. Bu orada bugun “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining rasmiy saytida Hukumat qarorlari xalq manfaatlariga xizmat qilmayotgani, ular xalqni o‘ylab chiqarilmayotgani aytilgan maqola e’lon qilindi. 

Shavkat Mirziyoyevga tabriklar

Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, BAATurkiya va  boshqa davlat rahbari, Bosh vazirlari tabrik yo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing