Harris Navalniyning bevasi bilan uchrashdi
Olam
−
17 fevral
12544Kecha, 16 fevral kuni AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris Myunxenda bo‘lib o‘tayotgan xavfsizlik konferensiyasida Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya bilan uchrashdi. Bu haqda siyosatchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Vitse-prezident muxolifatchining vafoti haqidagi xabarlardan chuqur qayg‘u va g‘azabda ekanini bildirgan.
"Bugun Myunxenda Aleksey Navalniy Rossiyada vafot etgani haqidagi xabardan so‘ng, uning rafiqasi Yuliyaga chuqur qayg‘uda ekanimni va bu meni g‘azablantirganini bildirdim. Mening ibodatlarim u va uning butun oilasi bilan", degan Harris.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy koloniyada vafot etgani haqida Federal jazoni ijro etish xizmati Yamal bo‘yicha departamenti ma’lum qildi. Bir necha siyosatchilar esa Navalniy Kreml tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida gapirdi. AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Navalniyning o‘limi uchun Putin javobgar ekanini ma’lum qildi. “Interfaks” nashri tomonidan shifokorlar Navalniyni jonlantirishga yarim soatdan ko‘p harakat qilgani ochiqlandi. Muxolifatchining oilasi ham uning o‘limini tasdiqladi. Bu hodisalar ortidan esa yirik namoyishlar boshlanib ketdi.
LiveBarchasi