Shifokorlar Navalniyni jonlantirishga yarim soatdan ko‘p harakat qildi – “Interfaks”
Olam
−
17 fevral
8509Shifokorlar yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida Aleksey Navalniyni jonlantirishga harakat qilishdi. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda.
“Tez yordam brigadasining kelish vaqti yetti daqiqadan kamroq vaqtni oldi. Shifokorlar ikki daqiqada bemorni ko‘rish uchun koloniya hududiga yetib kelishdi. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar koloniya shifokorlari tomonidan ko‘rsatilgan reanimatsiya tadbirlarini davom ettirdi. Va ular yarim soatdan ko‘proq vaqt sarflashdi. Biroq bemor vafot etdi”, deyiladi xabarda.
Shunday qilib shifokorlar Navalniyning o‘limini tasdiqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmati Yamal-Nenets avtonom okrugi boshqarmasi Navalniy Xarp qishlog‘idagi maxsus rejimli koloniyada vafot etganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, muxolifatchi qamoqda o‘zini yomon his qilgan va tez orada vafot etgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinga Navalniyning o‘limi haqida xabar berilganini aytdi.
Aleksey Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish esa siyosatchining sheriklari uning o‘limi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligi haqida bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning advokati Xarpga yetib borgan.
LiveBarchasi