Rossiyada Navalniy o‘limi ortidan yirik namoyishlar boshlanib ketdi (video)
Olam
−
17 fevral
15995Rossiyada bugun, 17 fevral kuni Aleksey Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan namoyishlarda kamida 120 kishi hibsga olindi. Bu haqda "OVD-Info" ma’lum qildi.
Hibsga olishlar eng ko‘p Sankt-Peterburgda bo‘lgan (kamida 56 kishi), u yerda politsiya Voskresenskaya qirg‘og‘idagi siyosiy qatag‘on qurbonlari yodgorligi oldiga yig‘ilgan odamlarni tarqatib yuborgan.
Nijniy Novgorodda, huquq himoyachilariga ko‘ra, kamida 15 kishi, Moskvada 11 kishi hibsga olingan. Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan mitinglar va hibsga olishlar Taganrog, Bryansk, Krasnodar, Tver, Belgorod, Rostov-Don va Murmanskda ham bo‘lib o‘tgan.
Moskvada odamlar kecha, 16 fevral soat 17:00 dan boshlab siyosiy qatag‘on qurbonlari yodgorligi oldiga Navalniy xotirasiga yig‘ilib, gul qo‘yishni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy koloniyada vafot etgani haqida Federal jazoni ijro etish xizmati Yamal bo‘yicha departamenti ma’lum qildi. Bir necha siyosatchilar esa Navalniy Kreml tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida gapirdi. AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Navalniyning o‘limi uchun Putin javobgar ekanini ma’lum qildi. “Interfaks” nashri tomonidan shifokorlar Navalniyni jonlantirishga yarim soatdan ko‘p harakat qilgani ochiqlandi. Muxolifatchining oilasi ham uning o‘limini tasdiqladi.
LiveBarchasi