Navalniyning oilasi uning o‘limini qanday qabul qildi?
Olam
−
17 fevral
18019Kecha, 16 fevral kuni vafot etgan rus muxolifatchisi Aleksey Navalniyning ota-onasi va ayoli ushbu fojiaga munosabat bildirdi.
Muxolifatdagi siyosatchining yaqinlari uning o‘limi haqida rasmiy tasdiqqa ega emasligini ta’kidlamoqda.
Navalniyning ayoli Yuliya Navalnaya Myunxendagi xavfsizlik anjumanida minbarga chiqish yoki chiqmaslik haqida o‘ylagani va o‘zini Alekseyni o‘rniga qo‘yib ko‘rib, nutq so‘zlashga qaror qilganini aytdi.
"Bu yerga chiqsammi yoki to‘g‘ri bolalarimning oldiga qaytib ketaymi, deb uzoq o‘yladim. Ammo keyin mening o‘rnimda Aleksey nima qilgan bo‘lardi, deb o‘yladim. Va ishonchim komilki, u shu yerda bo‘lardi. U bu sahnada bo‘lardi. Rossiyadagi faqat hukumat manbalaridan oladigan dahshatli xabarga ishonish yoki ishonmaslikni bilmayman. Chunki ko‘p yillar davomida va buni barchangiz bilasiz, biz Putin va Putin hukumatiga ishona olmaymiz. Ular har doim yolg‘on gapiradi. Ammo agar bu rost bo‘lsa, men Putin, uning atrofidagilar, Putinning do‘stlari, hukumati mamlakatimiz, oilam va erim oldidagi qilgan ishlari uchun javobgar bo‘lishlarini bilishini istayman. Va bu kun juda tez keladi", degan Yuliya Navalnaya.
Shuningdek, u butun dunyo hamjamiyatini, butun dunyodagi odamlarni birlashishga va “bu yovuzlikni yengish”ga chaqirgan. Hozirgi Rossiyada mavjud “dahshatli rejimni mag‘lub etish”ga ishonishini aytgan va bu rejim va Vladimir Putin barcha voqealar uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerakligini ta’kidlagan.
Alekseyning onasi Lyudmila Navalnaya esa o‘zining Facebook sahifasida o‘g‘lining o‘limi haqidagi xabarga izoh berib, odamlardan ta’ziya bildirmasliklarini so‘ragan.
"Men ta’ziya eshitishni xohlamayman. Biz o‘g‘limizni 12 fevral kuni koloniyada ko‘rdik, uchrashdik. U tirik, sog‘lom va quvnoq edi", degan.
Mahumning otasi Anatoliy Navalniy "Regnum" axborot agentligi bilan suhbatda o‘g‘lining o‘limini tasdiqladi.
“Ha. Bu allaqachon haqiqat", degan u qisqacha javob bilan.
Anatoliy Navalniyning so‘zlariga ko‘ra, uning dafn marosimi qayerda o‘tkazilishi hozircha ma’lum emas.
"Men bu masala bo‘yicha hali hech narsa deya olmayman", deb qo‘shib qo‘ydi ota dafn marosimini tashkil etish haqidagi savolga javob berib.
Ma’lumot uchun, Aleksey Navalniyning o‘limi haqidagi xabarga uning advokati Leonid Solovyov izoh berib, uning oilasi hali biror narsa deyishga shoshmayotgani haqida aytgan.
"Aleksey Navalniy oilasining qaroriga ko‘ra, men hech narsani izohlamayman. Hozir biz buni ko‘rib chiqyapmiz. Chorshanba kuni Alekseyning yonida advokati bor edi. O‘shanda hammasi yaxshi edi", degan u.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jozef Bayden Aleksey Navalniyning o‘limida bevosita Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qo‘li borligi haqida aytgan edi.
LiveBarchasi