Japarov “Kolya Qirg‘iz”ning o‘ldirilishini tekshirishga buyruq berdi

Olam

image
Qamoqqa tushgani hatto AQSHni quvontirgan “Kolya Qirg‘iz” kim edi? north_east

Qamoqqa tushgani hatto AQSHni quvontirgan “Kolya Qirg‘iz” kim edi?

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov qonun o‘g‘risi Qamchi Ko‘lboyevning yo‘q qilinishi va mamlakatdagi uyushgan jinoiy guruhlar faoliyati haqida fikr bildirar ekan, rivojlangan mamlakatlarda "jinoyat dunyosi" tushunchasi mavjud emasligi, shuning uchun ham ular rivojlanayotganini aytdi. Bu haqda u “Kabar” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Jinoyat muhiti nafaqat mamlakatlar, balki fuqarolar va investorlar faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qaroqchilik (jinoyat) vaqtini unutish kerak. Hozir XXI asr. Hamma narsa qonun doirasida bo‘lishi kerak. Agar kimdir talonchilik qurboniga aylangan bo‘lsa, u huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishi shart. Rivojlangan davlatni imkon qadar tezroq qurishimiz kerak. Biz qo‘shni davlatlardan allaqachon bir necha yil orqada qoldik”, degan Sadir Japarov.

Shuningdek, u mamlakat Harbiy prokuraturasiga "qonundagi o‘g‘ri" Qamchi Ko‘lboyevning yo‘q qilinishi yuzasidan tergov o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berganini aytgan. 

Sadir Japarov sodir bo‘lgan voqeani internetdan bilganini va darhol Bosh prokuror Qurmonqul Zulushevga qo‘ng‘iroq qilganini ta’kidlagan.

“Men unga harbiy prokurorni o‘zi bilan olib borishini, o‘sha joyga borib, sodir bo‘lgan voqea haqida ma’lumot berishini aytdim. U borib, menga qo‘ng‘iroq qilib, voqea joyida otishma bo‘lganini, o‘lganlar va jarohatlanganlar borligini aytdi”, deydi Prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Harbiy prokuratura Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining maxsus operatsiyasi qonuniy ravishda o‘tkazilgan yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov olib bormoqda.

“Tergov davom etyapti. Natijani kutamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Sadir Japarov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (“Kolya Qirg‘iz”) Bishkekda qo‘lga olinayotganda mamlakat Milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev To‘qmoq shahrida qo‘mitaning yangi binosi ochilishida qatnashib, jinoyatchilarga qarata “bittasi bosh ko‘tarsa, o‘sha boshni chopishi”ni aytgandi. Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari, xalqaro siyosatshunos Nikita Mendkovich esa Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonning navbatdagi prezidenti bo‘lishi mumkinligini prognoz qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov Qamchibek Ko'lboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing