Qirğiziston poytaxti köçirilişi mumkin

Olam

−

image

Qirğiziston parlamenti deputati Nurbek Sidigaliyev Bişkekdagi tirbandliklar muammosini hal qiliş uçun poytaxtni boşqa hududga köçiriş kerakligini aytdi. Uning fikriça, şaharda yöl ötkazgiçlar qurilişini ham kengaytiriş zarur. Bu haqda “Kaktus.media” xabar berdi.

Keça, 18 noyabr kuni Jogorku Keneş yiğilişida sözga çiqqan deputat hamkasblari bilan Öş şahriga borganida u yerda köpriklar qurilayotganini körganini aytgan. U Bişkek meriyasiga ham uşbu tajribani örganişni va şaharning gavjum çorrahalarida, jumladan, Çöy şohköçasi hamda Tokombayev va Abraxmanov köçalari kesişmasida yöl ötkazgiçlar qurişni tavsiya qilgan.

Deputat Öşda qurilgan köpriklardan birining qiymati qança bölganini ham söragan. Qirğiziston Quriliş, arxitektura va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Nurdan Öruntayeva esa estakada köpriklari dastlab heç qanday hujjatlarsiz qurila boşlaganini, hozirda esa tegişli hujjatlar rasmiylaştirilayotgani va xarajatlar hisoblanayotganini ma’lum qilgan.

Bişkek meri Aybek Junuşaliyev şaharda ham şunday köpriklar qurilişi boşlanganini aytgan. U bunga Molodaya Gvardiya şohköçasi va L. Tolstoy köçasi kesişmasidagi qurilişni misol qilib keltirgan. Şuningdek, kelasi yili Janubiy magistralda ham yöl ötkazgiç qurişni boşlaş rejalaştirilayotganini bildirgan.

“U yerda yöllar va köpriklar juda yaxşi qurilgan. Bu yerda ham şunday qiliş kerak, aks holda tirbandlik muammosini hal qila olmaymiz. Vaziyat kundan kunga yomonlaşmoqda. Muammoni şu yöl bilan hal qiliş yoki poytaxtni köçiriş kerak”, deydi deputat.

Mer esa poytaxt köçirilsa, aholi ham yangi hududga köçib borişini aytgan. Deputat bunga javoban, odamlarning bir qismi Bişkekda qolişini ta’kidlagan. Uning fikriça, şahardagi muammolarga markazda köp qavatli uylar qurilişiga ruxsat bergan arxitektorlar ham sababçi. U bunday binolarni şahar markazida emas, Sokuluk va Issiqota tomonlarda quriş kerak bölganini bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing