Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Janubiy Koreya prezidenti sudda kechirim so‘radi

Olam

image

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Konstitutsiyaviy suddagi impichment bo‘yicha sud majlisida harbiy holat joriy qilingani uchun fuqarolardan uzr so‘radi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yun Sok Yol “chalkashlik va noqulaylik” keltirib chiqarganini tan olgan. Shu bilan birga, davlat rahbari “xalqni qurol bilan bostirishni” emas, balki siyosiy inqiroz haqida aholini xabardor qilishni xohlaganini ta’kidlagan.

“Men minnatdorlikdan to‘lib-toshganman, lekin odamlar menga bu vazifani ishonib topshirgan bo‘lsa ham, ishlay olmasligim uchun og‘riq va qayg‘uni his qilyapman. Ammo 3 dekabrdagi harbiy holat avvalgi pretsedentlardan butunlay farq qiladi. Bu harbiy holat xalqni qurol bilan bostirish uchun mo‘ljallanmagan. Bu xalqqa chaqiriq edi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Yun Sok Yol ishi 

O‘tgan yilning 3 dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgan edi. Ammo bu holat taxminan olti soatdan keyin bekor qilindi. Shundan so‘ng, 14 dekabr kuni Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilindi. Oqibatda uning vakolatlari to‘xtatildi.

Birlashgan tergov guruhi 14 dekabr kuni parlamentda impichment e’lon qilinganidan keyin vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olishga order berish uchun Seul sudiga murojaat qilgandi. Janubiy Koreya sudi tergovchilarning iltimosini qanoatlantirib, Yun Sok Yolni hibsga olishga order berdi. Orderga ega tergovchilar 3 yanvar kuni mamlakat tarixida birinchi marta prezident qarorgohiga uni hibsga olish maqsadida yetib bordi, ammo tergovchilar Yun Sok Yolni hibsga olish bo‘yicha bo‘lgan 5 soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng unga qarshi order ijrosini to‘xtatishga qaror qilgan. 7 yanvar kuni Janubiy Koreya sudi mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun yana order berdi. 15 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari Janubiy Koreya prezidentini fitna ishi bo‘yicha hibsga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing