Jeenbekov Bishkekda yana favqulodda holat e’lon qildi

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda joriy qilingan favqulodda holat rejimi uzaytirildi. Mamlakat Preziyedenti Sooronbay Jeenbekov  tegishli hujjatni imzoladi.

Bunday qaror Jo‘qorg‘u Kenesh uch kun ichida belgilangan masalalarni ko‘rib chiqmagani uchun qabul qilingan. Shu sababdan Prezident favqulodda holatni uzaytirishga majbur bo‘lgan.

Farmonga ko‘ra, endilikda favqulodda holat 19 oktyabrgacha amal qiladi.

Avvalroq, Jo‘qorg‘u Kenesh navbatdan tashqari o‘tkazilgan sessiyada Bosh vazir nomzodi qonunga xilof ravishda tasdiqlangani habar qilingandi.

Ma’lumot uchun,  Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan 9 oktyabrdan boshlab Bishkekda favqulodda holat e’lon qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi. 

Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.

Prezident Sooronbay Jeenbekov yuz berayotgan tartibsizliklar bo‘yicha bayonot berib, ba’zi siyosiy kuchlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga uringanini aytib o‘tdi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Hozirgacha Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Dastan Jumabekov va mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi. 

O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘izistonda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirib, jiddiy tashvishda ekanini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing