Rasman: Japarov Prezidentlikka nomzodini ko‘rsatdi
Olam
−
14 noyabr 2020
6998Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri – Prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov bugun, 14 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatish uchun hujjatlar to‘plamini Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlar bo‘yicha Markaziy komissiyasiga taqdim etdi.
Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodlar uchun hujjatlar ro‘yxati to‘g‘risidagi qaroriga binoan Sadir Japarov Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodini ilgari surish niyati, boshqa davlatning fuqaroligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, chet davlatning fuqaroligi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga yozma rozilik berganligi to‘g‘risida ariza taqdim etdi.
Shuningdek, u davlat tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat va boshqa kerakli sertifikatlar, hujjatlar shakllari va nusxalarini ham taqdim etgan.
Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Qonunga binoan, davlat lavozimlarini egallagan shaxslar saylovda nomzod o‘laroq ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ular o‘z lavozimlaridan vaqtincha voz kechishlari shart. Prezident iste’foga chiqqan taqdirda, parlament spikeri amaldagi davlat rahbari bo‘ladi. Saylovda qatnashish uchun Japarov Prezident vakolatlarini topshirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin, 7 foizlik minimum ovozni to‘play olmagan partiya tarafdorlari norozilik namoyishlarini boshladi. Bir necha kun davom etgan namoyish va tartibsizliklar ortidan Bosh vazir Kubatbek Boronov va uning Hukumati iste’foga chiqdi. Namoyishchilar davlat idoralarini egallab oldi.
Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.
Sooronbay Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat joriy qildi va poytaxtga harbiylar kiritildi. Buning natijasida vaziyat biroz tinchidi. Ammo namoyishchilar Prezidentdan iste’foga chiqishini talab qildi. Natijada 15 oktyabrda Jeenbekov xalqiga qarata o‘q uzib qon to‘kmaslik uchun iste’fo berdi.
Uning vazifasini vaqtincha bajarishi kerak bo‘lgan parlament spikeri Kanat Isayev bundan bosh tortdi. Natijada davlat rahbari vakolati namoyishlar ortidan Bosh vazir bo‘lgan Sadir Japarovga o‘tdi.
LiveBarchasi