Zelenskiy Yevropadan Rossiyadan butkul yuz o‘girishni talab qilmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa davlatlarini Ukrainaga qarshi qonli urush olib borayotgan Rossiyaga homiylik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 21 mart kunidagi videomurojaatida so‘z ochgan. 

“Yevropa har qanday raketa va tanklardan kuchliroq kuchga ega. Siz bilan savdo qilmasdan, sizning kompaniyalaringiz va banklaringizsiz Rossiyada bu urush uchun pul topilmaydi. Tezroq tinchlik bo‘lsin. Va bu mumkin. Siz o‘zingizni himoya qilishingiz kerak. Iltimos, Rossiyaning urush mashinasiga homiylik qilmang. Bosqinchilar uchun bir yevro ham hayf! Barcha portlaringizni yoping, tovarlar yetkazib bermang, Rossiya energiya resurslaridan voz keching”, deydi Ukraina rahbari. 

Zelenskiy Rossiyaning Ukrainadan chiqishi uchun unga bosim o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.  

“Men ishonaman, tinchlik bo‘lishi mumkinligini bilaman. Lekin tinchlik kelishi uchun harakat qilish kerak. Germaniya har bir kishi, Yevropadagi har bir odam. Rossiya urushi uchun imkoniyat yo‘q. Harakat qiling! Tinchlik uchun harakat qiling”, deya davom etgan u. 

Ukraina Prezidenti xalqlarni yo‘q qilishga va Yevropani parchalashga hech kimning haqqi yo‘qligini ta’kidlagan. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukraianaga bosqin

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing