Zelenskiy urush qanday tugashini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi ko‘plab odamlarning o‘limi va ko‘plab ukrain oilalarining azoblanishi bilan yakunlanadi. Bu haqda  Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Davosdagi (Shveysariya) Ukraina uyida videoaloqa shaklida savol-javob tarzida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Xususan, undan qachondir Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik shartnomasi imzolanishiga umid bormi, deb so‘ralgan.

“Men har qanday urush diplomatiya bilan tugashini tushunaman. Diplomatiya tinchlikka olib kelishi mumkin. Tinchlik – har bir oddiy odamning orzusi, ishoning, frontdagining ham, divanda o‘tirganning ham. Ba’zida divanda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirganlar, ular o‘ylagandek, bizni frontda himoya qiladiganlarga qaraganda kuchliroq jang qilishlari rost, bu zamonaviylik”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.

Ukraina Prezidenti urushning qanday tugashi borasida shunday fikr bildirdi:

“Bizning urushimiz qanday tugaydi? Keling, xolis qaraylik – ko‘plab oilalar azobi, ko‘p sonli odamlarning o‘limi, qarindosh-urug‘ va do‘stlarning katta yo‘qotishlari, farzandlaridan uzoqroq umr ko‘rgan ota-onalarning (azoblari) bilan tugaydi. Bu farzand bor va farzandi bo‘lmaganlar uchun birdek fojia, aminmanki, bu tuyg‘uni hamma tushunadi. Bularning barchasi fojia”.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing