Zelenskiy Szinpinning Putinga “tishi o‘tishi”ga ishonyapti

Olam

image

Xitoy Rossiyaning Ukrainaga hujumini to‘xtatish uchun yetarlicha dastaklarga ega. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “South China Morning Post” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Xitoy juda qudratli davlat, qudratli iqtisod... Demak u Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xitoy ham BMT Xavfsizlik Kengashining a’zosi”, degan Zelenskiy.

Zelenskiy Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlaganidan so‘ng, Ukraina tomonidan tashabbus bildirgan bo‘lsa-da, Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan birorta ham suhbatlashmaganini aytgan.

“Men to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashmoqchiman. Men bir yil oldin Si Szinpin bilan bir marta suhbatlashgan edim. 24 fevralda keng ko‘lamli tajovuz boshlanganidan beri biz rasman suhbatlashishni so‘ragan edik, ammo Xitoy bilan birorta ham suhbat o‘tkazmadik, vaholanki bu foydali bo‘lishiga ishonaman”, degan Zelenskiy.

U Xitoyning urushga nisbatan “muvozanatli” munosabatini saqlab qolish istagini tushunishini ta’kidlagan.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni urushni to‘xtatishga majburlovchi iqtisodiy bosim dastaklariga ega.

“Ishonchim komilki, Xitoy bozorisiz Rossiya to‘liq iqtisodiy izolyatsiyani his qiladi. Urush tugamaguncha Xitoy Rossiya bilan savdoni cheklash uchun shunday qilishi mumkin”, degan davlat rahbari.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati yuqori energiya narxidan qo‘shimcha pul tushumlarini o‘z fuqarolarining turmush darajasini yaxshilashga emas, balki “Ukrainaga qarshi kurashda qo‘llaydigan maxsus qurollarga” sarflamoqda.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

26

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing