Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar maqsadini aytdi

Olam

image

Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralardan asosiy maqsadi Prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvga erishishdir. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Prezident Ukraina va Rossiya Federatsiyasi delegatsiyalari vakillari har kuni videoformatda muloqot qilayotganini qayd etgan.

“Bizning delegatsiyamiz oldiga aniq vazifa qo‘yilgan - Prezidentlar uchrashuvi, odamlar kutayotgan uchrashuvning amalga oshishi hamma narsani qilish. Bu murakkab hikoya, mashaqqatli yo‘l ekanligi aniq, ammo kerak. Va bizning maqsadimiz shuki, bu kurashda, murakkab muzokaralarda Ukraina tinchlik va xavfsizlik uchun zarur bo‘lgan natijani oladi. Bu biz normal va samarali kafolatlarga ega bo‘lishimiz uchun. Budapesht memorandumidagi kabi emas, bizning osmonimizdagidek emas, balki ukrainaliklar: bu ishlayapti, bu kafolat” deya olishlari uchun, degan Zelenskiy.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, gapirish kerak, chunki bu muzokaralar tufayli bugun Ukrainaning turli mintaqalaridan 5550 kishi, 6 kun ichida esa 130 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Shu bilan birga, u Mariupolda evakuatsiya yo‘lagi yopiqligicha qolayotganini aytgan.

“Biz hamma narsani qildik va sukunatni ta’minladik. Rossiya qo‘shinlari yuk va avtobuslar harakatini to‘xtatdi, ammo biz xalqimizga yordam bermagunimizcha yana urinib ko‘ramiz, chunki ular bizniki”, degan Ukraina Prezidenti.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing